Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yuksalish” harakati fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi
“Yuksalish” umummilliy harakati - nodavlat notijorat tashkiloti va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, “Yuksalish” harakatining asosiy vazifasi etib fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirish, shu jumladan quyidagilar belgilandi:
- xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
- jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa'y-harakatlari va kuchlarini safarbar etish;
- rejalashtirilgan, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni muntazam kiritish.
Adliya vazirligiga “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda:
- Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi axborotni har oyda umumlashtirish hamda yakunlarini aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirgan holda o‘z veb-saytlarida joylashtirish;
- monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborotni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
- Davlat dasturi amalga oshirilishi yakunlariga bag‘ishlangan axborot- tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e'lon qilish va keng tarqatishni ta'minlash topshirildi.