Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi
2019 yil 11 fevral kuni noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Namangan viloyatining Chust tumanida Zarafshon mahallasi hududida haydab ketayotib piyoda, Mirzaobod mahallasida yashagan 35 yoshli O‘.T. (ayol)ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani, natijada ayol jarohat olib kasalxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent viloyati Qibray tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi 63 yoshli N.M. ismli shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
14:23 / 15.06.2026