O‘zbekiston | 10:43 / 20.02.2019
16480
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bojxona postlarining huquqlari kengaytirildi

2019 yil 1 fevraldan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida bojxona postlariga bir qator vakolatlar berildi.

Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-5582-son farmoni ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Xususan, endilikda bojxona postlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, ularga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib post boshliqlari jismoniy va yuridik shaxslarning tovarlarni bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi, bojxona to‘lovlari, bojxona ekspertizasi, surishtiruv va bojxona qonunchiligi yo‘nalishidagi 24 turdagi masalalar va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlarini qabul qilishlari, ko‘rib chiqishlari hamda tegishli yozishmalarni imzolashlari mumkin.

Ilgari bu masalalarda jismoniy va yuridik shaxslar faqatgina Davlat bojxona qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishga majbur bo‘lishardi.

Shuningdek, bojxona postlariga:

murojaat yilidagi rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, qayta rasmiylashtirish (bojxona to‘lovlariga ta'sir etadigan grafalar bundan mustasno);

yuklarni yetkazib berish nazorat kitobchalarining elektron shakldagi ma'lumotlariga (tovar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan tashqari) o‘zgartirish kiritish;

avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish majburiyatnomasining muddatini uzaytirish, elektron shakldagi ma'lumotlariga o‘zgartirish kiritish;

transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomani berish;

kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng ko‘p qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimini qayta tiklash kabi huquqlar ham berildi.

Shuningdek, post boshliqlari tashuvchi, brokerlik tashkilotlari, hududiy tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar va vakolatli idoralar bilan post faoliyati doirasidagi yozishmalarni amalga oshirishlari, bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlarning maqsadli ishlatishini nazorat qilish maqsadida soliq idoralariga, tovarlar bo‘yicha esa vakolatli ekspert tashkilotlariga so‘rov xatlari yuborishlari mumkin.

Mazkur huquqlarni ta'minlash maqsadida bojxona postlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, bojxona postining nomi ko‘rsatilgan muhr hamda blankalar namunalari amaliyotga joriy etiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar bojxona posti boshliqlariga murojaat qilish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha to‘liq ma'lumotlarni bevosita bojxona postlaridan olishlari mumkin.

Bojxona posti boshliqlari tomonidan faoliyati hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini qabul qilishi, ko‘rib chiqishi hamda tegishli yozishmalarni imzolash vakolatidagi yo‘nalishlar ro‘yxati

Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi yo‘nalishlarida:

Tovarlarni bojxona rejimiga joylashtirish masalasida;
Tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilguniga qadar deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish o‘tkazishi masalasida;
Tovarlarni boshqa hududiy bojxona boshqarmalariga olib ketish masalasida
Murojaat yilidagi rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalarini o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish va qayta rasmiylashtirish ((bojxona to‘lovlariga ta'sir etadigan grafalar bundan mustasno);
Tovarlar yuklangan transport vositasidan boshqa transport vositasiga bojxona nazorati ostida yuklash;
Yuklarni yetkazib berish nazorat kitobchalarining muddatini uzaytirish, elektron shaklidagi ma'lumotlarga (tovar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan tashqari) o‘zgartirish kiritish;
Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish majburiyatnomasining muddatini uzaytirish, elektron shakldagi ma'lumotlariga o‘zgartirish kiritish;
Transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomani berish;
Tovarlarni boshqa bojxona omboriga ko‘chirib o‘tkazish;
Tovarlarni bojxona ombori litsenziyasiga ega bo‘lmagan omborga joylashtirish;
Tashuvchi, brokerlik tashkilotlari bilan yozishmalar;
Hududiy tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar va vakolatli idoralar bilan post faoliyati doirasidagi yozishmalar.

Bojxona to‘lovlari yo‘nalishida:

Kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikati bo‘yicha preferensiyalarni qayta tiklash bo‘yicha;
Bojxona to‘lovlaridan imtiyozlarni qo‘llash masalasi bo‘yicha tushuntirishlar berish;
Bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlarning maqsadli ishlatishini nazorat qilish maqsadida soliq idoralariga so‘rov xatlari yuborish;
Bojxona qiymatini aniqlash, shu jumladan shartli bojxona qiymatini belgilash;
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlarini to‘lab berish yuzasidan xabarnoma yuborish;

Bojxona ekspertizasi yo‘nalishida:

Tovarlar bo‘yicha vakolatli ekspert tashkilotlariga so‘rov xatlari yuborish;
Tovarlarning TIF TN kodi bo‘yicha yozma tushuntirish berish;
Sertifikat va ruxsatnoma hujjatlari bo‘yicha so‘rovnoma, talabnomalar yozish;
“Yagona darcha” unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimiga ma'lumotlar kiritilmaganligi holatlari bo‘yicha vakolatli idoralarga talabnomalar kiritish;
Tovarlarning TIF TN kodini o‘rganish bo‘yicha boshqa vakolatli ekspertlarni jalb etish bo‘yicha.

Surishtiruv va bojxona qonunchiligi yo‘nalishida:

Qo‘zg‘atilgan jinoyat yoki ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish;
Davlat egaligiga o‘tkazilgan tovarlar bo‘yicha hududiy majburiy ijro byurolariga va savdo tashkilotlariga murojaat qilish.

Mavzuga oid