Sport | 21:26 / 20.02.2019
4890
1 daqiqa o‘qiladi

«Portu» yozda O‘zbekistonda futbol oromgohini tashkil etishi mumkin

O‘FA mutaxassislari San'at Sharipov va Sharofiddin Hojiniyozov Portugaliyaning «Portu» klubi qarorgohiga borishdi.

O‘FA sayti xabariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar u yerda klub akademiyasi rahbari Mariya Teysheyra bilan uchrashib, mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, futbolni ommalashtirish masalalarini muhokama qilishdi. Muzokaralar natijasida yozda «Portu» klubi mamlakatimizda bolalar futbol oromgohini tashkil etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Bu tijorat loyihasi hisoblanadi va «Portu» klubi oromgohi pullik asosda tashkil etiladi. Uning ishtirokchilari bilan «Portu» klubi akademiyasidan keladigan murabbiylar turli master klass o‘tkazishadi. Shuningdek, ular har xil mashg‘ulotlar tashkil etiladi va o‘rtoqlik o‘yinlari ham o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid