Mançester Siti — Leypsig 7:0
Gollar: Holand (22 penalti, 24, 45+2, 53, 57), Gundöğan (49), de Bryuyne (90+2).
Mançester Siti – Ederson, Ake, Diaş, Akanji, Stounz (Gomes, 64), Gundöğan (Mahrez, 55), de Bryuyne, Griliş (Foden, 55), Silva, Rodri (Fillips, 63), Holand (Alvares, 63).
Leypsig – Blasvix, Henriks (Klostermann, 80), Orban, Gvardiol, Raum, Kampl, Forsberg (Andre Silva, 63), Laymer, Aydara (Simakan, 63), Soboslai (Olmo, 72), Verner (Poulsen, 63).
Ogohlantirişlar: Henriks (21), Verner (34), de Bryuyne (67), Akanji (77).
Birinçi öyin — 1:1.

22 yoşda köpçilik universitetda öqiyotgan yoki endi öz işini boşlayotgan böladi. Bunday yoşda odatda tajriba töplanadi va keyingi faoliyat uçun ilk qadamlar taşlanadi. Ammo Erling Holand — hamma qatori emas. Seşanba oqşomida u 22 yoş va 236 kunlik edi. Kunigaça aniqlik kiritilişi bejiz emas, çunki u hatto Kilian Mbappeni ortda qoldirdi va Çempionlar ligasida 30 gol urgan eng yoş futbolçiga aylandi. Norvegiyalik futbolçi boşqa mezon böyiça ham eng yaxşisi bölib oldi — asosiy yevrokubokda bunça gol uriş uçun unga 25 öyin yetarli böldi.

«Mançester Siti» forvardi ekstraordinar mavsum ötkazmoqda. Muxlislar Messi va Kriştianu Ronalduning rekordlariga örgangan edi, endi esa Mbappe qayd etgan raqamlar ham hayratlanarli körinmayapti. Endi muxlislar Holand fenomeniga könikişmoqda.

Skandinaviyalik futbolçi «Leypsig» bilan uçraşuv natijasini atigi 78 soniya içida hal qildi — Erlingning birinçi va ikkinçi gollari orasida şunça vaqt ötdi. Germaniyada ötgan birinçi öyin durang natija bilan yakunlangandi, şunday ekan, «Siti» 24-daqiqaga kelib hisobni 2:0 körinişiga keltirişi mehmonlar uçun amalda hukm öqilişi edi.

Hisob gazonda bölayotgan voqealarni töla aks ettirardi. Dastlabki yarim soatda maydon egalari darvozaga yöllangan zarbalar soni böyiça 8:0 hisobida ustunlikka ega edi, şundan yettitasi jarima maydoni içidan berildi (De Bryuyne tomonidan jarima maydonidan taşqaridan yöllangan yagona zarbadan keyin qaytgan töpni Holand darvozaga joylab qöydi). Inglizlar töpga egalik qiliş böyiça ham total ustunlikka ega böldi, ammo «Leypsig» şu kuni köp jihatdan «Siti»ga qulay öyin körsatdi — öz darvozasi atrofida heç qanday avtobus qöymadi, quyi mudofaa liniyasi örnatmadi va kiçik follar taktikasi qöllamadi. «MS» futbolçilari Marko Roze jamoasining yuqori pressingidan xotirjam ötişdi va raqib futbolçilari ortida keng böşliqqa ega bölişdi va bu yuqori sur’atda amalga oşirildi. Bunday holatda nemislar klubida imkon yöq edi.