08:59 / 22.02.2019
9027

De Yong: «Messi – barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi»

Foto: Getty Images

«Ayaks» yarimhimoyachisi Frenki de Yong «Barselona»dagi bo‘lajak jamoadoshi Lionel Messi haqida o‘z fikrini aytdi. Uning so‘zlari kataloniyaliklar klubi rasmiy saytida keltirilgan.

«U bilan birga o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘layotganimdan zavqlanib ketyapman va buni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Men uni barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi deb hisoblayman.

Uni ta'riflab berish qiyin. Menimcha, u – eng mukammal futbolchi.

U to‘p bilan ham, to‘psiz ham hamma narsani uddalay oladi. Ko‘p vaziyatlar yaratadi, chap oyog‘i bilan o‘ynashiga gap bo‘lishi mumkin emas. U juda aqlli, shunchaki, boshqa darajadagi o‘yinchi», – dedi de Yong

Foto: Getty Images

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» 21 yoshli xavbek uchun 75 mln yevro to‘laydigan bo‘lgan, yana 11 mln yevro bonus sifatida berilishi mumkin. U yozda Kataloniya klubiga qo‘shiladi. Avvalroq u yangi jamoasida ham hozirgi 21-raqamida o‘ynamoqchi ekanini aytgandi. 

Mavzuga oid
Top