Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. Messining het-trigi «Barselona»ga «Sevilya» ustidan irodali g‘alabani keltirdi
Ispaniya chempionati 25-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Barselona» safarda «Sevilya» bilan bellashdi. Maydon egalari o‘yin davomida 2 marta hisobda oldinda borgan bo‘lsa-da, yakunda 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradilar.
«Sevilya» tarkibida gollarga Navas va Merkado mualliflik qilishdi, «Barselona»da Messi het-trikka erishdi, yana bir gol Luis Suares hisobiga yozildi.
Bu natijadan so‘ng, «Barselona» 57 ochko bilan 1-o‘rinda, «Sevilya» esa 37 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
La Liga, 25-tur
Sevilya – Barselona 2:4 (1:1, 1:3)
23 fevral, «Ramon Sanches Pisxuan» stadioni
Gollar: 1:0 – 22 Navas, 1:1 – 26 Messi, 2:1 – 42 Merkado, 2:2 – 67 Messi, 2:3 – 85 Messi, 2:4 – 90 Suares.
Sevilya – Vatslik, Merkado (Vaskes, 51), Gomes, Ker, Veber (Amadu, 58), Banega, Navas, Rog (Mesa, 62), Sarabiya, Promes, Ben-Yyedder.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Nelson Semedu (Serdji Roberto, 46), Alba, Vidal (Dembele, 46), Rakitich, Buskets, Koutino (Alenya, 79), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Pike (38), Rog (49), Veber (57), Vaskes (70), Ker (80), Sarabiya (83), Mesa (90).
Mavzuga oid
14:07 / 19.01.2026
«Barsa»da mag‘lubiyat, van Persining o‘g‘lidan shedevr gollar
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026
«Siti»da g‘alabasiz seriya, «Barsa» javobsiz 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:27 / 22.12.2025