O‘zbekiston | 17:04 / 25.02.2019
9201
4 daqiqa o‘qiladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi moliyalashtiriladigan dastlabki 6 ta loyihani ma'lum qildi

Innovatsion rivojlanish vazirligida amaliy ilmiy-texnik loyihalar, innovatsion ishlanmalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyiha rahbarlariga sertifikatlarni tantanali topshirdi.

Caption

 2019—2021 yillardagi Innovatsion rivojlantirish strategiyasiga ko‘ra ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan davlat xarajatlarini ko‘paytirishni nazarda tutilgan.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Bu xarajatlar, o‘z navbatida, yurtimiz taraqqiyotiga nafi tegadigan, aholi farovonligiga va xalqimiz turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan mahsulotlar, texnologiyalar ko‘rinishida davlatga foyda olib kelishi lozim.

Ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan keladigan foyda olimlarning ham moliyaviy ahvoliga ijodiy ta'sir ko‘rsatib, kelgusida ularning ilmiy izlanishlar bilan yanada chuqur shug‘ullanishlariga zamin yaratishi kerak.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

 Innovatsion rivojlanish vazirligi amaliy ilmiy-texnik loyihalar, innovatsion ishlanmalar hamda dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovlarini e'lon qilgach, har bir yo‘nalish bo‘yicha tanlovga kelib tushgan loyihalar vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Topshirilgan loyihalardagi ma'lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan vazifalarga mosligi, ijrochilarning ilmiy-texnik salohiyati, ijrochi tashkilotda moddiy-texnik baza mavjudligi va boshqa mezonlar o‘rganilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

  Mazkur 6 ta tadqiqot ishlari moliyalashtirishga loyiq deb topilgan ilk loyihalardir. Endilikda vazirlik muntazam ravishda moliyalashtiriladigan loyihalarni rasmiy veb-saytida e'lon qilib boradi.

 2019 yilda moliyalashtiriladigan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2020 hamda 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy loyihalar ro‘yxati 

Loyiha mavzusi

Ijrochi tashkilot

Loyiha rahbari

1

«Biokor-0,2g tabletkalarining onkologik kasalliklarda kompleks terapiya maqsadida ishlatish uchun yakunlovchi klinik tekshirishlarni o‘tkazish»

O.S. Sodiqov nomidagi

Biorganik kimyo instituti

Ibrohimov Fozil Axmedovich,

b.f.d.

2

Mis ishlab chiqarish chiqindilaridan nikelni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish va o‘zlashtirish

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali

Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, t.f.n., dots.,

3

 «Olmaliq KMK AJ ishlab chiqarish sharoitlarida rangli va nodir metall rudalarini flotatsiya jarayonida qo‘llash uchun mahalliy va ikkilamchi xomashyolardan import o‘rnini bosuvchi ko‘piklantiruvchi-flotoreagentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish»

“KOMPOZIT NANOTEXNOLOGIYASI” MChJ ilmiy-texnologik markazi va “Fan va taraqqiyot” DUK

Negmatova Komila Sayibjonovna, t.f.d.

 Innovatsion loyihalar

Loyiha mavzusi

Ijrochi tashkilot

Loyiha rahbari

 

1

Nurota tumanining tog‘oldi hududlaridagi samarasiz foydalanilayotgan lalmi yerlarida yong‘oq mevali (pista, bodom) daraxt plantatsiyalarini barpo etish va  ularning yuqori hosildorligini ta'minlashning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

Chernova Galina Mixaylovna, k.s/x.n.

 

2

Import o‘rnini bosuvchi tseolit adsorbenti va H2S oksidlash konversiya jarayoni himoya qatlam adsorbentlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish

O‘zbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti

Yunusov Miraxmad Po‘latovich, t.f.d., professor

 

3

Statsionar va mobil obektlarga ishlov berish uchun ozon-generatorining tajriba-ishlab chiqarish namunasini yaratish

O‘zRFA Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi

Simonov Aleksandr Alekseyevich,

f-m.f.n.,

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid