Taqdimotda kimyo sanoatini modernizatsiya qiliş, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş va eksport salohiyatini oşirişga qaratilgan rejalar körib çiqildi.

Qayd etilganidek, mamlakatda yiliga 3,7 million tonna mineral öğit işlab çiqarilsa-da, fosforli va suvda eruvçan öğitlarga bölgan talabni qondiriş uçun sohani yanada rivojlantiriş zarur. Şu maqsadda 2,8 milliard dollarlik investitsiya loyihalari şakllantirilgan.

Neft-kimyo tarmoğida ham içki bozor ehtiyojlari ortib bormoqda. Prognozlarga köra, 2032 yilga borib polimer mahsulotlarga bölgan talab 3,2 million tonnaga yetadi. Bu ehtiyojni qondiriş uçun Angrenda “Kömirdan olefinlar oliş” va Qönğirotda “Naftani qayta işlaş” kabi yirik sanoat loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirilgan.

Şuningdek, maişiy kimyo mahsulotlari sohasida ham import hajmini ikki barobarga qisqartiriş, içki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan ta’minlaş darajasini 64 foizga yetkaziş va eksport körsatkiçlarini oşiriş böyiça vazifalar belgilangan.

Taqdimotda “Çirçiq” kimyo-industrial texnoparkining kelgusi rivojlaniş rejalari ham körib çiqildi. Unga köra, 2030 yilga qadar texnoparkda investitsiyalar hajmini 207 million dollarga, mahsulot işlab çiqarişni 294 million dollarga va iş örinlari sonini 2 ming 300 taga yetkaziş maqsad qilingan.