O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3578-son, 2018 yil 13 iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3852-son, 2018 yil 4 sentyabrdagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3929-son, 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3978-son va 2018 yil 24 noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4028-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta'minlash, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘quv jarayonini optimallashtirish maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmoni 5-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etildi:

“davlat maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktorlari) tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari bilan kelishgan holda tegishli ta'lim muassasalari rahbarlari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

oliy ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (kafedra mudirlari) oliy ta'lim muassasalari rahbarlari tomonidan Vazirlik vakili ishtirokida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov natijalariga ko‘ra lavozimiga tayinladi va lavozimidan ozod etiladi”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-son farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxatining rus tilidagi matnida: