Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Niğmatilla Yöldoşev marhumlar nomidan darslik kitoblari çop etilayotgani haqida gapirdi.

«7-sinf «Özbekiston tarixi» darsligining muallifi A.Muhammadjonov 2016 yilda vafot etgan. Biroq, uning darsligidagi barça mavzular qayta işlangan, 6ta mavzu yangidan yozilgan va darslik 2017 yilda marhum muallif nomidan qayta naşr etilgan», - deya raisning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, darsliklarning tender savdolari orqali ğolib bölgan turli naşriyotlarda naşr etilişi öquv materialining uzviyligi, uyğunligi va izçilligini, şuningdek, predmetlararo aloqaning boğliqligini ta'minlaşga tösiq bölmoqda.

«Darsliklarda bir-birini rad etadigan xulosalar, mavhumliklar va nomuvofiqliklar köpayib ketgani öqituvçi va öquvçilarni çalğitmoqda. Jumladan, 8-sinf «Özbekiston tarixi» darsligining 21-mavzusida Xiva xonligida hunarmandçilikning 27 sohasi mavjud bölgani xaqida yozilsa, şu darslikning 24-mavzusida mazkur xonlikda hunarmandçilikning 50dan ortiq turi mavjud, deb ma'lumot berilgan.

8-sinf «Jahon tarixi» darsligining 12-mavzusida Angliyada monarxiyaning qayta tiklaniş davri, deb 1660 yil körsatilgan bölsa, aynan şu darslik oxirida keltirilgan muhim tarixiy sanalarda bu davr 1688 yil deb körsatilgan», - deya qayd etdi Yöldoşev.

Uning aytişiça, bunday misollarni boşqa fanlar böyiça darsliklarda ham köplab uçratiş mumkin.

Senat yiğilişida Vazirlar Mahkamasining qarori talablariga zid ravişda umumiy örta ta'limning öquv dasturi tayanç öquv rejaga nomuvofiq tarzda va amaliyot bilan boğlanmagan holda işlab çiqilgani ta'kidlandi.

«Masalan, 1-sinf «Yozuv daftari»da ayrim harflar «Alifbe» darsligida ötiladigan vaqtga töğri kelmaydi. 3-sinf «Ona tili» darsligini bolalar öquv yili tugamasidan ança oldin öqib bölmoqda», - deya sözlarini dalillagan Yöldoşev.

Ma'lum qilinişiça, 10-sinf «Biologiya» darsligining kamida 12 soatlik darslarda öqitilişi lozim bölgan butun boşli boblar bitta 45 daqiqali darsda ötilmoqda.

«Aksariyat hollarda, darsliklar nazariyotçi olimlar tomonidan amaliyotdan yiroq holda yaratilmoqda. Uşbu jarayonga tajribali maktab öqituvçilari yetarli darajada jalb etilmayapti.

Oqibatda, nazariyaga ortiqça «botib» ketgan ayrim mavzular va topşiriqlar öquvçilar yoşiga nisbatan öta murakkab tarzda bayon etilmoqda, ularni özlaştiriş ğoyat oğir yoki amalda umuman mumkin emas. Masalan, 1-sinf öquvçilariga ilk öquv yilining boşidanoq turli harflardan iborat sözlarni topiş maşqlari berilgan. Oqibatda murğak bola hali tanimagan harfini yozişga, ulardan yozma söz tuzişga «majburlanmoqda».