Özbekiston kuraş federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi ötkazildi. Unda taşkiliy masala körib çiqildi.

Sport vazirligi xabariga köra, Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev yangi beş yillik muddatga Kuraş federatsiyasi raisligiga qayta saylandi.

Niğmatilla Yöldoşev 2019 yil oktyabr oyidan buyon uşbu lavozimni egallab kelmoqda. Şuningdek, şu yilning iyun oyidan beri Özbekiston boş prokurori hisoblanadi. 2024 yil iyunida u ikkinçi muddatga boş prokuror lavozimiga tasdiqlangan.