Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Saudiya Arabistoni bosh prokurori shayx Saud Abdulloh ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari o‘rtasida hamkorlikka doir memorandumni imzoladi. Kelishuv terrorizm va uni moliyalashtirish, noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi hamkorlikka qaratilgan.
Joriy yil 7 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Saudiya Arabistoni podshohligi Bosh prokurori Shayx Saud Abdulloh Al-Muajib o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muloqotda tomonlar huquqiy hamkorlik masalalari, ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilgan.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Saudiya Arabistoni prokuraturasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Saudiya axborot agentligining xabar berishicha, memorandum – terrorizm va uni moliyalashtirish, noqonuniy daromadlarni legallashtirish, ayniqsa uyushgan jinoyatchilikka doir jinoyatlarning surishtiruvlari borasida hamkorlik qilishga qaratilgan. Shuningdek, kelishuvda o‘zaro manfaatdor bo‘lgan sohalarda axborotlar almashinuviga ko‘maklashish, huquqiy sohadagi tadqiqotlar hamda ikki prokuratura organlari o‘rtasida ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish nazarda tutilgan.
«Tashrif maqsadi Saudiya Arabistoni prokuraturasi va uning o‘zbekistonlik hamkasbi o‘rtasidagi xalqaro sud aloqalarini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish va ilg‘or xalqaro huquqiy tajribani ilgari surish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishdan iborat», – deyiladi agentlik xabarida.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026