Senat raisi Niğmatilla Yöldoşev xalq ta'limi sohasida şaroitlar özgarib, moddiy-texnik baza yaxşilangani bilan kutilgan natija yöqligini ma'lum qildi.

«Har qanday millat va mamlakat tamaddunining ibtidosi ta'lim, yana ham aniqroq aytsak, maktabdir. Şu bois, davlat ijtimoiy sohalar içida maktab ta'limiga alohida e'tibor qaratadi. Biroq, tahlillar şuni körsatmoqdaki, maktablarning moddiy-texnik bazasi, soha xodimlari uçun şart-şaroitlar kundan-kunga yaxşilanib borayotgan bir şaroitda ta'lim sifati va natijadorlik kutilganidek emas», - deya Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Senat raisiga köra, buning asosiy sabablaridan biri – maktab darsliklarini ta'lim standartlari va dasturlar asosida tayyorlaş, çop etiş va tarqatişda yöl qöyilayotgan jiddiy kamçiliklar, xatolar va boşqa mavhumliklarda aks etadi.

«E'tibor bering: sönggi uç yilda Davlat budjeti va maqsadli kitob jamğarmasining qariyb 307 mlrd. söm mablaği evaziga 98 mln. nusxadan ortiq darsliklar çop etilgan», - deya qayd etgan Senat raisi.

Ma'lum qilinişiça, darsliklarni yaratişga oid mukammal huquqiy asoslar şu paytga qadar töliq şakllanmagan.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan «Darsliklarni işlab çiqiş uçun mualliflar tarkibini tanlab oliş va tasdiqlaş tartibi töğrisida»gi Nizomda esa, darsliklar loyihasini tegişli fan öquv dasturlari asosida işlab çiqiş, ekspertlar guruhi tomonidan bu loyihalarni qanday mezonlar asosida baholaş tartibi belgilanmagan. Oqibatda, ilk bosqiçdayoq darsliklar öquv dasturlariga muvofiq tayyorlanmagan.

«Hukumatning uşbu Qaroriga muvofiq, darsliklarni tanlab oliş böyiça komissiyaga kelib tuşgan darsliklarni körib çiqiş va baholaş töğrisidagi axborot sir saqlanişi belgilab qöyilgan. Bu esa, darsliklar loyihalarini şaffof baholaş,ular yuzasidan keng jamoatçilik fikrini örganiş, öqituvçilarning, ota-onalarning, tegişli ekspert va boşqa mutaxassislarning haqqoniy, xolis munosabatini biliş imkonini deyarli yöqqa çiqargan», - deydi Yöldoşev.

Senat raisi marhum şaxslar muallifligida darsliklar çop etilayotganini qayd etib, maktab kitoblarining sifati haqida alohida mulohazalarini bildirgan. 

«Darsliklarda bir-birini rad etadigan xulosalar, mavhumliklar va nomuvofiqliklar köpayib ketgani öqituvçi va öquvçilarni çalğitmoqda. Jumladan, 8-sinf «Özbekiston tarixi» darsligining 21-mavzusida Xiva xonligida hunarmandçilikning 27 sohasi mavjud bölgani xaqida yozilsa, şu darslikning 24-mavzusida mazkur xonlikda hunarmandçilikning 50dan ortiq turi mavjud, deb ma'lumot berilgan.