“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida valutaga oid munosabatlarni takomillaştiriş haqida petitsiya paydo böldi.

Qayd etilişiça, respublikada bank-kredit sohasini rivojlantiriş böyiça jadal islohotlar amalga oşirilib, aholiga qator qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, köplab joylarga bankomatlar qöyilib, naqd pulni yeçib oliş imkoni yaratildi, valuta bozorini liberallaştiriş va uning noqonuniy oldi-sotdisini bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlar körilmoqda.

Hozirgi kunda fuqarolardan bank kassalarida valuta qabul qilinib, erkin ravişda ayirboşlaş amalga oşirilmoqda. Biroq bu harakatlar bir tomonlama bölib, banklar amalda faqat valuta mablağlarini oliş bilangina çeklanib, fuqarolarga erkin ravişda sotmayapti. Şuningdek, banklarda ayirboşlaş tezkor ravişda yölga qöyilmaganligi, ayrim banklar (kassalar) hali xam ayirboşlaş bilan şuğullanmayotganligi sababli fuqarolar “qora bozor”ga murojaat qilişga majbur bölişmoqda. 

“Mazkur holatni bartaraf etiş uçun jismoniy şaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida litsenziya asosida valutani ayirboşlaş faoliyati bilan şuğullanişga (turğun şoxobçalar orqali) ruxsat beriş lozim. Mazkur faoliyat natijasida “BANK - YaTT - FUQARO” zanjiri paydo böladi va amalda bir qator muammolarni hal qiladi. Birinçidan, iqtisodiyotga milliardlab zarar keltiradigan “qora bozor” öz-özidan yöq böladi. Ikkinçidan, barça “qora bozor” iştirokçilari faoliyatini qonuniylaştiradi va soliq tölovçilarga aylanadi. Uçinçidan, yangi iş örinlari yaratiladi. Törtinçidan, valutaning bankdan taşqari aylanişiga barham beriladi. Beşinçidan, valuta bozorida soğlom raqobat yuzaga keladi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Bildirilişiça, buning uçun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida şuğullaniş mumkin bölgan faoliyat turlariga “valutani ayirboşlaş” faoliyatini kiritiş zarur. Şuningdek, uşbu faoliyat uçun soliq stavkalarini belgilaş, bunda soliq miqdori adolatli bölişiga e'tibor qaratiş kerak böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq notarial harakatlarni masofadan turib amalga oşiriş taklif etilgandi.