“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida notarial harakatlarni masofadan turib amalga oşiriş haqida petitsiya paydo böldi.

Qayd etilişiça, hozirda notariuslar faoliyatini tartibga soliş, sohada şaffoflikni ta'minlaş, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. 

“Mana şu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida notarial harakatlarni masofadan turib amalga oşiriş tartibini joriy etiş maqsadga muvofiq böladi”, - deb yozadi petitsiya muallifi. 

Bildirilişiça, bugungi kunda köplab yurtdoşlarimiz xizmat, öqiş, iş yoki turizm maqsadlarida xorijiy mamlakatlarga safarlarni amalga oşirişmoqda. Mana şunday vaqtlarda notarial harakatlarni amalga oşiriş zarurati yuzaga kelib qoladi. Ayniqsa, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida bu köp kuzatiladi.

“Şu sababli xorijiy davlatlarning ilğor tajribalari asosida yurtimizda ham notarial harakatlarni onlayn amalga oşiriş tartibi joriy etilişini taklif qilaman”, - deyiladi murojaatda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda tez tibbiy yordam maşinalari uçun qöşimça yöl ajratiş taklif etilgandi.