Ombudsmanning alohida e'tibori huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotganlarga va mahkumlarga nisbatan noqonuniy ta'sir çoralarini qöllaş töğrisidagi şikoyatlarga qaratildi, deb hisobot berdi Özbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili Uluğbek Muhammadiyev Senat yiğilişida. 

Uluğbek Muhammadiyev

Uning aytişiça, 2018 yilda Ombudsman tomonidan şu munosabat bilan 101 ta şikoyat berilganligi qayd etildi va bu körsatkiç 2​017 yilgi holatdan 4,2 baravar köpligini anglatadi. 

«Şikoyatlarning köpçiligida (101 ta şikoyatdan 78 tasi) ta'sir körsatiş şakllari va usullari, şuningdek bunday xatti-harakatlarni qöllagan aniq şaxslar körsatiladi. 

Holatlarning 29 foizida bir-biriga boğliq bölmagan turli şaxslar Toşkent viloyati içki işlar organlari xodimlari tomonidan ana şunday ta'sir körsatilganini ma'lum qilişdi. 

Toşkent şahrida bu körsatkiç 21 foizni, Qaşqadaryo viloyatida 12 foizni, Jizzax viloyatida 8 foizni, Samarqand viloyatida 6 foizni taşkil etdi, jazoni ijro etiş muassasalari ma'muriyatlari tomonidan esa bunday holat 12 foizni taşkil etdi», — deydi Ombudsman.

Ma'lum qilinişiça, Vakil milliy preventiv mexanizm mandati bilan qamrab olinadigan soğliqni saqlaş va xalq ta'limi vazirliklarining bir qator internat muassasalari faoliyatini ham örgandi.

«​Umuman olganda, yil davomida monitoring taşriflari milliy preventiv mexanizm bilan qamrab olingan 73 ta muassasada amalga oşirildi», — deydi Muhammadiyev hisobotida. 

«Içki işlar organlari töğrisida»​gi Özbekiston Respublikasi qonunining «Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etiş hamda uşbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qiliş prinsipi»​ deb nomlangan 8-moddasiga muvofiq «qiynoqlarga soliş, zöravonlik qiliş, boşqa şafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada böliş içki işlar organi xodimiga taqiqlanadi. Içki işlar organining xodimi fuqaroga qasddan oğriq, jismoniy yoki ma'naviy azob yetkaziladigan xatti-harakatlarga çek qöyişi şart»​.

Şuningdek Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi «Şaxsning şa'ni va qadr-qimmatini hurmat qiliş»​ deb nomlangan 17-moddasiga va «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qiliş»​ deb nomlangan 18-moddasiga muvofiq «... tergovçi va suriştiruvçi işda qatnaşayotgan şaxslarning şa'ni va qadr-qimmatini hurmat qilişlari şart. Heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, şafqatsiz yoki inson şa'ni va qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa tarzdagi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emas»​.