Senatorlar tomonidan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.
Qayd etilişiça, keyingi yillarda fuqarolarning Umra ziyoratiga borib kelişida turli muammolarga duç keliş holatlari aniqlanmoqda. Xususan, turizm faoliyati bilan şuğullanayotgan ayrim tadbirkorlar Umra safariga ketiş haqidagi reklamalarda berilayotgan va’dalarini bajarmayotgani, manzilga yetib borganda mehmonxonalar bilan boğliq muammolar mavjudligi, köp hollarda esa ziyoratçilar boriş-kelişda samolyot reyslarining belgilangan sanadan keçikişi kabi holatlar uçrayapti.

Senatorlar muhokama qilgan qonun şu kabi muammolarni bartaraf etişga qaratilgan. U ziyoratçilar Umra amallarini munosib va xavfsiz bajarişlari uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş, xorijda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş va kafolatlangan xizmatlardan foydalanişini ta’minlaş maqsadida işlab çiqilgan.

Qonun bilan “Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi va “Davlat boji töğrisida”gi qonunlarga bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Jumladan, Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça yangi litsenziyalanadigan faoliyat turi joriy etilmoqda. Uşbu litsenziya Din işlari böyiça qömita tomonidan beriladi hamda uni oliş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Mazkur qonun bilan amalga oşirilişi uçun ruxsat va tegişli hujjatlarni talab etadigan faoliyat turlari qatoriga Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oşirganlik uçun ham ruxsatnoma oliş qöşimça sifatida kiritilmoqda.

Bundan taşqari, litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uçun yuridik şaxslarga solinadigan jarimalar özgaradi. Endilikda Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oşiriş yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda oliş bazaviy hisoblaş miqdorining 200 baravarida jarimaga sabab böladi.








