Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temuriylar tarixi davlat muzeyi o‘z mobil ilovasi va QR-kodlarga ega bo‘ldi
Temuriylar tarixi davlat muzeyining mobil ilovasi, 150 dan ortiq eksponatning QR-kodlari yaratildi, shu bilan birga muzey zalida interaktiv sensorli proyektorlar o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
O‘zbekistonda muzeylar faoliyatini rivojlantirish, muzey va u yerga keluvchi mehmonlarning o‘zaro aloqalari bilan bog‘liq masalalarni hal qilish muhim vazifalardan biri sifatida qayd etilmoqda. Muzey ishida axborot tizimini shakllantirish, muzeylarni kompyuterlashtirish, ularni internet tarmog‘iga ulash, multimedia dasturlari va barcha muzeylararo yagona axborot tizimini shakllantirish orqali masofadan o‘qitish texnologiyasini rivojlantirish talab etilmoqda.
Prezidentning 2018 yil 26 avgustdagi 3920-sonli respublikada madaniyat va san'atni innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Temuriylar tarixi davlat muzeyining mobil ilovasi, 150 dan ortiq eksponatlarining QR-kodlari yaratildi. Shu bilan birga, muzey zalida interaktiv sensorli proyektor o‘rnatildi – unda muzeyning virtual ko‘rinishi, Amir Temur va temuriylar davri tarixiga bag‘ishlangan multimedia namoyish etilmoqda.
“Shu tariqa yangi axborot texnologiyalarini joriy etish xalqimiz va sayyohlarga qulaylik yaratish, tariximizni keng targ‘ib etish, eksponatlar haqidagi ma'lumotlarni kengroq ochib berishda yordam beradi”, - deyiladi manbada.
Mavzuga oid
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
09:10 / 27.02.2026
Tojikistonda Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan noyob qadimiy qo‘lyozma saqlanmoqda
14:12 / 26.02.2026
Yekaterinburgda Amir Temur maqbarasiga oid marmar plita parchasi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
13:47 / 06.02.2026