Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Amir Temur haqidagi “Adolat fasli” spektakliga yuqori baho berdi
Uning ta’kidlashicha, ijodiy jamoa Sohibqiron siymosini nafaqat ulug‘ hukmdor va sarkarda, balki, avvalo, beqiyos matonat egasi, metin irodali inson sifatida namoyon eta oldi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Adolat fasli” spektaklini tomosha qildi va unga yuqori baho berdi.
«Amir Temur hayotidan bir kun haqida hikoya qiluvchi kuchli sahna asari bo‘libdi. Bosh rolni kuni-kecha “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan Yodgor Sa’diyev ijro etdi. O‘zbekiston xalq artistini ko‘p yillik mehnatining yuksak e’tirofi hamda qutlug‘ sana — 80 yillik yubileyi bilan chin dildan tabriklayman», deb yozdi u.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, ijodiy jamoa Sohibqiron siymosini nafaqat ulug‘ hukmdor va sarkarda, balki, avvalo, beqiyos matonat egasi, metin irodali inson sifatida namoyon eta olgan.
«Biz bugun Milliy teatrimiz va unga hayotini bag‘ishlagan fidoyi insonlarning ulkan salohiyatini qalban his etdik», deb qo‘shimcha qildi u.






Mavzuga oid
17:16 / 01.07.2026
«Tamerlano» operasi Parijni zabt etdi - Saida Mirziyoyeva
18:37 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva YuNeSKO bosh direktori bilan uchrashdi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
16:27 / 26.06.2026