O‘zbekiston | 17:30 / 04.03.2019
3458
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Qatar tashqi ishlar davlat vaziri bilan uchrashdi

2019 yilning 4 mart kuni Doha shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar Davlati tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Mureyxiy bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilingan.

So‘nggi vaqtlarda o‘tkazilgan, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga tomonlarning diqqatni qaratish hamda ikki tomonlama shartnomalarning loyihalarini ko‘rib chiqish imkonini bergan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi uchrashuvlarning yakunlari qo‘llab-quvvatlandi, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, suhbatda Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashilgan.

Mavzuga oid