Qatar harbiy-havo kuçlari vertolyotining mamlakat hududiy suvlari ustida parvoz paytida halokatga uçraşi oqibatida yetti kişi halok böldi. Bu haqda 22 mart, yakşanba kuni Qatar içki işlar vazirligi ma’lum qildi.
Bundan oldin bortda bölgan olti kişining jasadlari topilgani, yana bir kişi — vertolyotning ikkinçi uçuvçisi bedarak yöqolganlar qatorida ekani xabar qilingan edi.
Dohadagi hukumat vertolyot texnik nosozlik sabab halokatga uçraganini bildirdi. Qatar mudofaa vazirligi esa bundan avval hodisa rejali topşiriqni bajariş çoğida sodir bölganini ma’lum qilgan edi. Hokimiyat vertolyot turi va ekipaj missiyasining xususiyati haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Qatar hokimiyati ma’lumotiga köra, halok bölganlarning tört nafari Qatar harbiy xizmatçilari, qolgan uç nafari esa Turkiya fuqarolari bölgan.
Anqarada aniqlik kiritilişiça, halokatga uçragan vertolyot bortida bir nafar turk harbiysi va Aselsan harbiy-sanoat korporatsiyasining ikki nafar texnik mutaxassisi bölgan.
Qatar, Fors körfazidagi boşqa davlatlar kabi, Isroil va AQŞning Islom Respublikasiga qarşi uruşi boşlanganidan beri Eron hujumlariga bir neça bor duç kelgan. Biroq hozirça vertolyot halokatining harbiy harakatlar bilan ehtimoliy boğliqligi haqida xabar berilmagan.
AQŞ va Isroil 28 fevraldan buyon Eronga aviatsiya zarbalarini bermoqda. Bu hujumlar natijasida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy va bir qator yuqori lavozimli amaldorlar hamda kuç işlatar tuzilmalar vakillari halok bölgan.
Eron esa javob tariqasida Fors körfazi mintaqasidagi qöşni davlatlarga raketa va dronlar yordamida hujum qilmoqda. Islom Respublikasi bayonotlariga köra, bu hujumlardan maqsad mintaqadagi Amerika harbiy bazalari hisoblanadi.
Eron zarbalari ostida Fors körfazidagi bir qator mamlakatlardagi neft omborlari va neft tankerlari ham qolgan. Bundan taşqari, uruş boşlanganidan beri Eron hujumlaridan Ozarboyjon va Yevropa Ittifoqiga vaqtinça raislik qilayotgan Kipr ham jabr körgan.












