Jahon | 19:31 / 04.03.2019
4168
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya bosh vaziri parlamentni tarqatish haqidagi farmonni imzoladi

Foto: Ispaniya hukumati

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches 28 aprelda o‘tadigan navbatdan tashqari umumiy saylovlar oldidan parlamentning ikkala palatasi tarqatilishi haqidagi farmonni imzoladi.

Parlament tarqatilishi haqidagi farmonni qirol Felipe VI imzolashi kerak, shundan keyin u 5 mart kuni davlat axborotnomasida chop etilib, qonuniy kuch oladi.

Fevral o‘rtasida Sanches mamlakatda muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishini e'lon qilgandi. Bu 4 yildan kamroq vaqt ichida parlamentga uchinchi saylovlar bo‘ladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid