Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zmilliybank investorlarni ishlab chiqarish korxonalarini sotish bo‘yicha savdolarga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki barcha ishbilarmon va tadbirkorlarni quyidagi ishlab chiqarish korxonalari ustav fondidagi Bankning 100% ulushini sotish bo‘yicha 2019 yil 28 mart hamda 2, 4 va 9 aprel kunlari o‘tkaziladigan savdolarga taklif etadi.
Toshkent viloyatida joylashgan «Kinder Fruits» MChJ ustav fondidagi 100% ulush 13 378 891 341,65 so‘m boshlang‘ich narxda ochiq auksion savdolariga chiqarilgan. To‘lovlar bir yo‘la yoki xarid qiymati qoldig‘iga foiz hisoblanmasdan 7 yilgacha muddatda bo‘lib to‘lanishi mumkin. Ushbu ulush investorlar tomonidan 4 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda 1 000 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritib, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yoki yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish hamda korxonaning mavjud kreditorlik qarzlarini qoplash sharti bilan sotiladi.
Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Eastbrick» MChJ ustav fondidagi 100% ulush 4 015 851 000,0 so‘m boshlang‘ich narxda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali tashkil etiladigan savdolarga chiqarilgan. To‘lovlar bir yo‘la yoki xarid qiymati qoldig‘iga foiz hisoblanmasdan 5 yilgacha muddatda bo‘lib to‘lanishi mumkin.
Batafsil ma'lumotlarni Bankning (71) 234-11-22 va 234-15-60 hamda savdo tashkilotchisining (71) 233-02-49 telefon raqamlari orqali, shuningdek www.nbu.uz/uz/invitation va www.tuas.uz saytlaridan olish mumkin.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:00 / 24.11.2022
“O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi va “FERRANDI Paris” instituti o‘rtasida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha Hamkorlik kelishuvi imzolandi
17:55 / 01.10.2021
«O‘zmilliybank» AJ va Germaniyaning Doyche banki 100 mln AQSh dollari miqdoridagi shartnoma imzoladi
17:00 / 30.09.2021
«O‘zmilliybank» AJ va «Sovkombank» OAJ (Rossiya) 50 mln AQSh dollari miqdoridagi bosh kelishuvni imzoladi
11:19 / 21.09.2021