Jamiyat | 19:12 / 07.03.2019
11285
5 daqiqa o‘qiladi

Afsonaviy «mudo concept» sovg‘alar do‘koni endi O‘zbekistonda!

5 mart kuni Turkiyaning dunyoga mashhur «mudo concept» do‘konlar tarmog‘i O‘zbekistonda o‘zining ilk filialini ochdi.

Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasida joylashgan mazkur do‘kon ochilish marosimida ishtirok etgan Kun.uz muxbiri shu haqda xabar berdi.

Marosimda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, turli sohalardan nufuzli shaxslar, yirik tadbirkorlar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdilar.

 

Dunyoga mashhur «mudo concept» haqida 

«mudo concept» do‘koniga dastlab 1964 yilda turkiyalik do‘stlar – Mustafo Tavivoglu va Dogan Gyurun tomonidan asos solingan. 

Mazkur brend do‘kon Turkiyada ishlab chiqarilgan 38 mingdan ortiq sifatli mahsulotlar, jumladan, uy va idora uchun sifatli mebellar, oshxona va hammom aksessuarlari, dekor, idish-tovoq, yoritkichlar, dekorativ va shaxsiy aksessuarlar, to‘qimachilik buyumlarini har bir mijoz istaklariga alohida yondashuv asosida taqdim etadi.

O‘tgan yillar davomida «mudo consept» sovg‘alarning global chakana bozorida yetakchi brendlardan biriga aylandi. Sovg‘alar do‘koni bugungi kunda jahon moda yo‘nalishlarini aks ettiruvchi mahsulotlarni o‘zida ifodalaydi.

Mahsulotlar haqida

«mudo consept» do‘konida taklif etilayotgan mahsulotlar Yevropa naqsh an'anasi to‘plamlari va tarixiy o‘zgarishlarini o‘zida aks ettiradi.

«mudo consept» do‘koni har qanday nozik did egalarining xohishlariga mos tushuvchi sifatli mebellar to‘plamini sizga taklif etadi. Do‘kon ko‘rgazmasidagi mebellar yog‘och, yong‘oq, eman, qarag‘ay va boshqa sifatli materiallardan tayyorlanadi.

Metall buyumlar esa zanglamaydigan po‘lat va temirdan ishlanadi. Do‘kon o‘z ko‘rgazmasidagi mahsulotlarning ekologik toza mahsulotlardan tayyorlanishiga alohida e'tibor qaratadi. Shuningdek, mahsulotlarning ko‘pgina nusxalari cheklangan miqdorda taqdim etiladi. 

Do‘kon ko‘rgazmasida sizga taklif etiladigan yoritgichlar to‘plamlarining qiziqarli ko‘rinishi keng assortiment bilan uyg‘unlashtirilgan. Yoritkich to‘plamlaridagi o‘ziga xos dizaynga esa turli mamlakatlarning qiziqarli shakldagi geografik joylashuvi ilhom bergan. 

«mudo consept» do‘konidagi hammom aksessuarlari to‘plami ham xilma-xilligi va o‘zining sifati bilan har qaday nozik didli xaridor istaklariga mos keladi. 

Shuningdek, «mudo consept» do‘konida xonadoningizning ichki tasvirini to‘ldirish uchun yog‘och, keramika, shisha, metall, guruch va boshqa mahsulotlaridan ishlangan minglab turdagi noyob buyumlar mavjud. Ushbu buyumlar dizaynerlik olamining eng nozik namunalarini o‘zida jamlagan.

Bundan tashqari, mazkur sovg‘alar do‘konida siz sifatli turk gilamlari, yostiq va choyshablar hamda to‘qimachilik buyumlarini ham uchratishingiz mumkin. 

 «Uy va hayot uchun hamma buyumlar» shiori ostida ishlab kelayotgan «mudo consept»da siz ushbu falsafaga mos tarzda «hamma narsa»ni uchratasiz. mudo falsafasini tushunish uchun esa do‘konga kamida bir marta tashrif buyurishingiz kerak. Bunda siz o‘zingizni tarixiy buyumlar bus-butunligicha saqlanayotgan muzeyga tushib qolgandek his qilishingiz aniq.

Do‘kon ochilish marosimida ishtirok etganlar ikki qardosh davlat - Turkiya va O‘zbekistonning mustahkam aloqalari yanada rivoj topishiga tilak bildirishdi. 

 

Marosim uchun tayyorlangan maxsus kechki bazm va sahna chiqishlari esa mehmonlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Agar sizda ham do‘kon ko‘rgazmasidagi aksessuarlar bilan tanishish va xarid istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa:

Manzil: Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasi

Mo‘ljal: «TRK Riviera» uy-joy kompleksi

Telefon: (+998) 99-000-60-60

Reklama huquqi asosida