O‘zbekistonda mulk huquqi bo‘yicha sovetcha qarashlar saqlanib qolmoqda - xorijlik ekspert
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «O privatizatsii zemelnyx uchastkov neselskoxozyaystvennogo naznacheniya» sarlavhali qonun loyihasi (o‘zbek tilidagi versiyasi muhokamada mavjud emas) tor doirada muhokama etildi. Ushbu muhokamaga mehmon sifatida kelgan Kaspiy universtiteti xususiy huquq bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy mutaxassisi, qozog‘istonlik Sergey Skryabin Vasilevich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Xususiylashtirish masalasida bizning ham muammolarimiz bisyor. Birlamchi harakatlar o‘tgan asrning 90-yillarida boshlangan. Bu harakatlar hozirgi kunga qadar takomillashtirib borilmoqda. Bu masalada sizlar bilan birmuncha farqli qonunchilik mavjud. O‘zbekistonda yer uchastkalariga nisbatan mutlaq tarzda sovetcha qarashlar hali-hamon saqlanib qolmoqda. Bu fuqarolik-huquqiy masala. Yerni xususiylashtirish masalasi qonun loyihasida bozor munosabatlariga asoslanadi. Bu tartibsizlikni keltirib chiqaradi. Bir joydan yer uchastkasini xususiylashtirmoqchisiz, sizga «keling, bu joyda 3 barobar arzonrog‘i bor» deyishsa to‘g‘ri bo‘ladimi? Axir, bu masalada qonuniy bozor yo‘q-ku? Qonunchilik bo‘yicha yer umumxalq mulki. Avval shu masalani hal etish kerak. Bu bo‘yicha birxillashtirilgan narx joriy qilish kerak. Qonunlar doimo sinchiklab, puxta o‘ylab tuzilishi kerak.
Bu bo‘yicha murojaat etadigan organ tashkil etilishi kerak. Prokuratura sizlardan farqli o‘laroq, bizda juda kam masalalarda faoliyat yuritadi. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga nisbatan keng huquqlar berib yuborilsa, bu shubhasiz korrupsiyani keltirib chiqaradi», deydi xalqaro mutaxassis.
Qonun loyihasi bo‘yicha yig‘ilish qatnashchilaridan biri Boris Froyanchenko mulkni olib qo‘yish masalasiga e'tiroz bildirdi. Sabablardan yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi (13-modda) belgilangan. Ammo, qonunchilikda jamiyat ehtiyojlari nimalardan iboratligi ko‘rsatilmagani, deya izoh berdi.
Yig‘ilishda shuningdek, xorijlik mehmon qonun loyihasini tuzish ishida Germaniya tajribasi haqida so‘zlab berdi. Germaniyada qonunchilik yaratishda maxsus yuridik texnika mavjudligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:42 / 07.11.2024
Egallangan hamda hujjatsiz yer uchastkalariga so‘nggi “aksiya”. Egalik huquqini e’tirof etish uchun nima qilish kerak?
22:21 / 01.11.2024
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi
16:33 / 01.11.2024
«Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi
20:50 / 07.08.2024