8 noyabrdan kuçga kiradigan hamda inson omilisiz işlaşi aytilgan bu qonun doirasida barça yer uçastkalari xatlov qilinib, kosmik suratlar bilan soliştiriladi. Fuqarolardan esa faqat tölov qiliş talab etiladi. Uşbu maqolada yer uçastkalarini e’tirof etiş borasida kimlar va qanday tartibda işlaşi, agar fuqarolarda e’tiroz bölsa qaysi bosqiçda va kimga murojaat qiliş kerakligi tuşuntirib berilgan.
Joriy yil 6 avgust kuni “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi qonun qabul qilingan edi. Uşbu qonun bilan millionlab özbekistonliklarning kadastr hujjatlari yöq yer uçastkalari va ularda qurilgan binolarga bölgan huquqlari tan olinadi.
Mazkur qonun 8 noyabrdan kuçga kirmoqda. Uşbu öziga xos «amnistiya»ga köra, fuqarolar quyidagi köçmas mulklarni öz nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy ötkazib olişi mumkin:
- 2018 yil 1 may kunigaça yakka tartibdagi uy-joy qurib, özboşimçalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inşootlar;
- 2018 yil 1 may kunigaça fuqarolar va taşkilotlar tomonidan hujjatda körsatilgan maydondan ortiqça egallangan yer hamda undagi bino va inşootlar;
- “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etiş oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inşootlar;
- 2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilingunigaça) qadar tuman (şahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tasdiqlanmagan yer;
- boğdorçilik va uzumçilik şirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
- kiçik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martgaça joylaştirilgan tadbirkorlarning yeri;
- davlat orderi bilan xususiylaştirilgan binolar va uylar egallagan yer;
- hokim qarori bilan mulk huquqi e’tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uçastkasi.
Köçmas mulkni qonuniylaştiriş uçun ular quyidagi talablarga javob berişi lozim:
- yer boşqa şaxsga ajratilmagan yoki auksionga çiqarilmagan bölişi;
- yer uçastkasidan foydalanişda nizo mavjud emasligi;











