Qonun yer osti boyliklariga egalik qiliş va ularni tasarruf etiş, şuningdek yer qa’ridan foydalaniş hamda uni muhofaza qiliş çoğida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Yer qa’ri va yer qa’rida tabiiy yöl bilan joylaşgan barça foydali qazilmalar Özbekistonning davlat mulki bölib, undan oqilona foydalaniş lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Uşbu mulk huquqi har qanday şaxsning yerga va suvga bölgan biror-bir huquqiga yoki mulkçiligiga qaramay qöllaniladi.
Davlat yer qa’rini qonunda nazarda tutilgan asoslar, şartlar va çegaralarda foydalanişga beradi.
Yer qa’ri uçastkalari oldi-sotdi, hadya, meros qilib qoldiriş, omonat, garov predmeti bölişi yoki har qanday boşqaça şaklda özga şaxsga ötkazilişi mumkin emas.
Yer qa’ridan foydalaniş va uni muhofaza qiliş sohasidagi davlat siyosatini amalga oşiruvçi organlar quyidagilardan iborat:
- Vazirlar Mahkamasi;
- Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligi;
- Energetika vazirligi;
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi;
- Toğ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qiliş inspeksiyasi;
- «Yer qa’ridan foydalaniş markazi» davlat muassasasi;
- mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.

















