Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA «Manchester Siti» ustidan tekshiruv boshlanishini e'lon qildi
Foto: Jon Super/Reuters
UYeFA «Manchester Siti»ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda gumonlab, klub ustidan rasmiy tekshiruv boshladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma'lum qilingan.
«Tekshiruv yaqinda turli OAVda tarqatilgan, MFP qoidalari buzilgan deb gumon qilinayotgan bir nechta holatlarga qaratiladi. UYeFA tekshiruv davom etayotgan vaqtda boshqa tafsilotlarni ochiqlamaydi», – deyiladi xabarda.
UYeFA tekshiruviga katta ehtimol bilan Football Leaks surishtiruv guruhi e'lon qilgan ma'lumotlar asos bo‘lgani aytilmoqda. Ayblov o‘z isbotini topsa, «shaharliklar» yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Manchester Siti»ga ham FIFA tomonidan xuddi «Chelsi» kabi transfer taqiqi qo‘yilishi mumkinligi, klub yosh futbolchilarni xarid qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini buzgani tufayli tekshirilayotgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:39 / 04.04.2026
Abduqodir Husanov navbatdagi kubokka bir qadam yaqinlashdi
22:18 / 01.04.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:27 / 22.03.2026
Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
05:35 / 18.03.2026