Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AKT vaziri viloyatlarda aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish ishlarini o‘rganmoqda
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov hududlarda axborot-kommunikatsion texnologiyalar(AKT)ni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli ravishda o‘rganishda davom etmoqda.
AKT vazirligi matbuot xizmatidan xabar berilishicha, 11-mart kuni vazir telekommunikatsiya infratuzilmalari, pochta sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida soha korxonalari daromadini oshirish, yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, tarmoqda faoliyat yuritayotgan xodimlarning turmush darajasini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratib berish masalalari tahlil qilindi.
Shuhrat Sodiqov qishloq hududlarida aholiga zamonaviy telekommunikatsiya va pochta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish lozimligini ta'kidladi, chunki hududlarda internet va boshqa AT-xizmatlarga talab kundan-kunga oshib bormoqda.
AKT vaziri bunga qadar Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida bo‘lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini o‘rgangan.
Mavzuga oid
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026