Erkak kishining oilasidan yiroqda bo‘lishi ajrimga ham sabab bo‘lyapti - Dildora Karimova
Qishloq joylarda ishga joylashish va daromad olish imkoniyatlari, ayniqsa kam ta'minlangan oilalar uchun cheklanganligi sababli mehnat migratsiyasi o‘sishining asosiy omillaridan biri bo‘lib qolyapti, deb hisoblaydi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Dildora Karimova.
12 mart kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining qishloq xo‘jaligi siyosati va gender tengligi haqidagi hisoboti yuzasidan o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etgan markaz direktori o‘rinbosari Karimova oilaviy ajrimlarga ham mehnat migratsiyasi salbiy ta'sir ko‘rsatayotganini aytdi.
«Uzoq vaqt davomida erkak kishining oilasidan yiroqda bo‘lishi, oilaviy muhitning salbiy tomonga o‘zgarishi va ajrimga olib kelishi mumkin. Bunday holat o‘z navbatida salbiy ijtimoiy natijaga olib keladi, ya'ni jamiyatda noto‘liq oilalar, yolg‘iz boquvchi bo‘lgan ayollar va kam ta'minlangan oilalar soni ortishi kuzatiladi», — deydi u.
Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining «Rossiya Federatsiyasidagi iqtisodiy vaziyat monitoringi» - 2018 yil dekabr oyi uchun hisoboti ma'lumotlarida qayd etilishicha, O‘zbekistondan Rossiyaga vaqtinchalik migratsiya hajmi o‘sishda davom etmoqda.
1 dekabr holatiga Rossiyada 1,8 million O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Taqqoslash uchun, 2017 yil 1 dekabrda 1,7 million kishi, 2016 yilda esa - 1,5 million kishi bor edi.
Shunga qaramay, 2018 yilda Rossiyaga keluvchi mehnat muhojirlari soni kamaydi va 2013 yilgi minimumni takrorlab, migratsion oqim esa (keluvchilar va ketuvchilar o‘rtasidagi farq) 2005 yilgi minimumgacha pasaygan.
Rossiyadagi mehnat muhojirlari soni bo‘yicha birinchi o‘rinda hanuz O‘zbekiston e'tirof etiladi.
Mavzuga oid
17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
13:50 / 11.10.2024
50 yoshdan keyin oila qurganlar soni ma’lum qilindi
17:16 / 05.09.2024