Özbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga ​«Özbekiston Respublikasidan eksport qilinadigan meva-sabzavot hamda tekstil mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qiliş töğrisida» Nizom loyihasi​ joylaştirildi.

Korzinka.uz supermarketlari tarmoği rahbari Zafar Hoşimov uşbu hujjat loyihasiga munosabat bildirib, bir masalaga e'tibor qaratgan eksportçilarning katta qismi davlat korxonalari emas, balki fermerlar, agrofirma va tekstil kompaniyalari sanaladi​​. 

«Davlatimiz qat'iy ravişda eksportga narxlarni belgilaş ğoyasiga muntazam qaytayotgani köpçilik qatori meni ham hayratlantirmasdan qöymayapti, rosti. 

E'tiboringizni jalb qilgan holda bir dalilga töxtalib aytişim kerakki, eksportçilar davlat korxonalari emas, balki fermerlar, agrofirma va tekstil kompaniyalari sanaladi. Va ularning juda köpçiligi xususiy. Şunga muvofiq, ular işlab çiqarayotgan mahsulotlar ham özlarinikidir, ya'ni nima qilişsa ham özlari mulklarini idora qiliş huquqiga egalar. 

Albatta, davlat eksport amaliyotining umumiy qonun-qoidalarini örnatişi, valuta, tarif va soliq nazorati kabilarni ham tayinlab, örnatiş huquqiga ega, bularning barçasi allaqaçon mavjud. 

Biroq yana va yana davlat eksportga narxlarni belgilaşni istamoqda. Nega?», —​ deya savol bilan yuzlanadi tadbirkor.

Hoşimovning ta'kidlaşiça, ötmişda aynan eksportga minimal narxlarning xuddi mana şunday tarzda nazorat qilinişi va örnatilişi tufayli fermer va qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari bir neça marta kasodga uçragan va işlab çiqarayotgan mahsulotlarini eksportga samarali körsatkiçlar bilan yetkazib bera olişmagan. 

«Birgina misolni keltirib ötsam. Ötgan yili juda yaxşi gilos hosili böldi. Boğbonlar tökin-soçin mavsum ilinjida juda xursand edi. Biroq davlat gilosning 1 kgni 4 dollardan past narxda eksport qilişni taqiqlab qöydi. Ammo gilosga belgilangan narxning taşqi konyunkturasi mutlaqo boşqaça bölgan. 

Men özim şaxsan Rossiyadagi supermarketda 1 kg gilos uçun 190 rubl (3$) tölagandim. Şundan kelib çiqadiki, Moskvadagi çakana savdoda gilosning kilosi 3$ edi, mansabdorlarimiz esa uni 4$ dan past narxda eksport qilişni ma'n qilişgan.