Jamiyat | 16:53 / 14.03.2019
2950
4 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda uzunligi 730 km bo‘lgan past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 230ta transformator punkti modernizatsiya qilinadi

Qashqadaryo viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan iste'molchilarning elektr ta'minotini yaxshilash, sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati.

Xususan, Prezidentning 2016 yil 23 noyabrda «2017-2021 yillarga mo‘ljallangan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 2018 yilda 677,0 km  uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 181 dona  transformator punktida yangi qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bajarildi. 

“Obod qishloq” dasturiga asosan, 300,9 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 35 ta transformator punktida yangi qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bajarildi. Shuningdek, 667,2 km elektr uzatish tarmoqlari va 509 ta transformator punkti mukammal ta'mirlandi. “Obod mahalla” dasturi doirasida esa, 10,2 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 4 ta transformator punktida yangi qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bajarildi. 10,6 km elektr uzatish tarmoqlari va 22 dona transformator punktlari mukammal ta'mirlandi. 

Bundan tashqari, elektr uskunalarini 2018/2019 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 2013,6 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari  va 733 ta transformator punkti  mukammal ta'mirlandi.  Natijada, 137 251 nafar xonadonning elektr ta'minoti yaxshilandi. Shu bilan birga, 110/35/10 kVli “Turon” va “Yettitom” nimstansiyalaridagi me'yordan ortiq yuklama bilan ishlab turgan 10,0 MVA kuch transformatorlari 16,0 MVAga, 35/10 kVli “Ko‘kdala” nimstansiyasi kuch transformatori 4,0 MVAga hamda 35/10 kVli “Chorvador” nimstansiyasi kuch transformatori 2,5 MVA quvvatlisiga almashtirildi. Yuqorida amalga oshirilgan ishlar natijasida  Koson tumani Raim So‘fi va Chiroqchi tumani Ko‘kdala, Yettitom hududlaridagi elektr energiyasi iste'molchilarining elektr taminoti yaxshilandi.

Viloyat iste'molchilarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish, elektr energiyasi ta'minotini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan yuqoridagi kabi tizimli ishlar jadal davom ettirilmoqda.

Joriy yilda 730,0 km  uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 230 ta transformator punktida yangi qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 

Qolaversa, “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 517,4 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 72 ta transformator punktida yangi qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bajariladi. Xuddi shuningdek, “Obod mahalla” dasturi doirasida esa, 9,0 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari va 1 ta transformator punktida yangi qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari bajariladi. Viloyatda namunaviy uy-joylar, xizmat uylari, yosh oilalar uchun va shaharlardagi arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uy-joylar elektr ta'minoti uchun jami 13,1 km elektr uzatish tarmoqlari qurish va 32 ta transformator punktini o‘rnatish rejalashtirilgan. 

2019-2020 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 
1960,0 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari va 655 ta  transformator punkti mukammal hamda 7348,8 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari, 2157 ta  transformator punktlari joriy ta'mirlanadi.

Bundan tashqari, meyordan ortiq yuklama bilan ishlab turgan 110/35/10 kVli “Guliston” nimstansiyasidagi 25,0 MVAli va “Koson” nimstansiyasidagi 16,0 MVA.li kuch transformatorlarini 40,0 MVA quvvatga ega kuch transformatorlariga almashtirish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid