Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Davlat dumasi deputati uch milliard rubllik pora uchun qo‘lga olindi
Rossiya Davlat dumasi deputati Vadim Belousov uch milliard rubl miqdorida pora olish ayblovi bilan ushlandi. Bu haqda 15 mart, juma kuni «Interfaks» xabar tarqatdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Yekaterinburgning Leninskiy sudi uni hibsga olish haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqadi. Belousov sudga olib ketildi, u yerda unga nisbatan ehtiyot chorasi ko‘rish masalasi hal etiladi.
Tergov versiyasiga ko‘ra, 2010-2014 yillar oralig‘ida Belousov Chelyabinsk oblasti sobiq gubernatori Mixail Yurevich bilan birgalikda xolding rahbaridan himoya uchun pora olgan. Natijada, xolding tashkilotlariga yo‘llarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi auksionlarda g‘alaba ta'minlab berilgan, pora berganlar nazoratidagi shaxslar esa davlat korxonalari direktorlari lavozimiga tayinlangan. Qayd etilganidek, pora miqdori uch milliard rubldan oshadi.
O‘tgan yilning dekabrida Davlat dumasi Bosh prokuratura talabiga binoan deputat Vadim Belousovni daxlsizlikdan mahrum etgani va unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishga rozi bo‘lgani xabar berilgandi. Ish «Pora olish» moddasi bo‘yicha ochilgan.
Vadim Belousov - «Adolatli Rossiya» partiyasidan Davlat dumasi deputati, agrar masalalar qo‘mitasi a'zosi.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026