Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bolalar granata otishni bilmaydi». Rossiya maktablarida boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik joriy etish taklif qilindi
Kirovskiy oblastidan saylangan rossiyalik senator Viktor Bondarev RF Maorif vaziri Olga Vasilevadan maktablarga boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik (BHT) darsini qaytarishni so‘radi.
«Nega maktab dasturidan BHTni chiqarib yuborishdi? Tushuning, buni hozir joriy etish kerak. Patsifistlar tufayli armiyada xizmat qilish muddatini 1 yilga kamaytirildi. Bola esa avtomatdan qo‘rqadi, bola granata nima ekanligini ham bilmaydi, uni otishni ham bilmaydi. Bu normal holatmi? Kechirasiz, biz hissiyotga berilamiz, lekin buni qilish kerak. Ayol kishi bo‘lib, siz buni qiling», — deydi Federatsiya Kengashining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Viktor Bondarev.
Maorif vaziri taklifga qarshi emasligini bildirib, yuqori sinf o‘quvchilari uchun Hayot faoliyati xavfsizligi fani doirasida alohida bo‘limlarni kiritish masalasi muhokama etilishini aytgan.
General-polkovnik Viktor Bondarev 2017 yildan buyon Federatsiya Kengashida ish olib boradi. U bir va ikkinchi chechen kampaniyasida ishtirok etgan, 2000 yilda esa Rossiya Qahramoni sifatida taqdirlangan. 2015 yilda Rossiyaning Suriyaga havo zarbalari missiyasini boshqargan.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026