Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Rossiya va Xitoyga qarshi o‘n minglab raketa xarid qilishni rejalashtirmoqda – OAV
AQSh mudofaa vazirligi kelgusida Rossiya va Xitoyga qo‘llashiga to‘g‘ri kelishi mumkin bo‘ladigan o‘n mingdan ko‘proq boshqariluvchi raketa sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Task and Purpose portali yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, Pentagon 2020 moliyaviy yil budjeti loyihasiga reaktiv yoppasiga o‘t ochish tizimi uchun 10193 ta “yer-yer” turidagi raketani sotib olish xarajatlarini kiritishni taklif qilmoqda. Ta'kidlanishicha, bu 2019 yilda AQSh mudofaa vazirligi 8101 ta raketa sotib olish uchun xarajatlar ajratilishini so‘raganga nisbatan 26 foiz ko‘proq bo‘ladi.
Nashrning yozishicha, “raqibning dala artilleriyasi va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini bartaraf etish uchun” bu qurollarning sotib olinishi 1,4 mlrd dollarga aylanadi.
Portalning taxminicha, raketa arsenalining bunday jadal to‘ldirilishi Pentagonning Iroq va Suriyada IShIDga qarshi kurashdagi “muvaffaqiyatsizligi”dan keyin Rossiya va Xitoyga qarshi kurashda quruqlikdagi yoppasiga o‘t ochish tizimlariga e'tiborni qaratishi bilan bog‘langan.
Pentagon mart boshida e'lon qilingan, keyingi moliyaviy yil uchun mudofaa budjeti sharhida AQSh armiyasini modernizatsiyalashda ustuvorlik “barcha eshelonlarda ustunlikka erishish uchun dala artilleriyasining o‘t ochish uzoqligini oshirishga va reaktiv artilleriya imkoniyatlarini rivojlantirishga” berilishi aytilgan.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026