Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada quyosh batareyalarida ishlovchi ilk veloyo‘lakcha qurildi
Keln ostida Germaniyada birinchi quyosh batareyalarida ishlovchi velosiped yo‘lakchasi qurildi. U elektr energiyasini ishlab chiqarib, qishda ham o‘zini-o‘zi isitadi.
Hozircha uning uzunligi atigi 90 metrni tashkil qiladi va shuning o‘ziga ham ancha mablag‘ sarflangan. Biroq buning narxi germaniyaliklarni cho‘chitmayapti, ular ushbu energosamarali loyihaga katta umid bog‘lashmoqda.
Erfshtadt shahridagi elektr ishlab chiqaruvchi veloyo‘lakcha shisha plitkadan ishlangan. Uning ostida quyosh batareyalari, isituvchi elementlar va harakat sensorlari mavjud. Yuqori texnologiyali trassa uchun joylashuv nuqtasi tasodifiy tanlov emas: uning yonida daraxsiz ochiq dala joylashgan va u yer doim yorug‘ bo‘ladi.
Loyiha mualliflarining ma'lum qilishicha, "quyoshli yo‘lakcha"ning har bir kvadrat metri yiliga 100 kVt*s energiya ishlab chiqaradi, u 3-4 oilani elektr energiya bilan ta'minlashi mumkin. Bu energiyadan, shuningdek, qorong‘uda veloyo‘lakchani yoritishda ham foydalanish mumkin.
Nemis muhandislarining ta'kidlashicha, plitka eniga atigi 13 mm bo‘lsa-da, hatto og‘ir yuk mashinasini ham hech qanday muammosiz ko‘tara oladi. Yo‘l "aqlli" funksional bilan jihozlangan - u o‘tgan velosipedlar sonini qayd qiladi va ma'lumotlarni maxsus tabloda aks ettiradi. Bundan tashqari, u yo‘lning yuzasi muzlaganini avtomatik ravishda aniqlab, isitish tizimini yoqadi. Shu tariqa u qishki mavsumda harakatlar xavfsizligini hamda uni tozalashda tejamkorlikni ta'minlaydi.
Mazkur loyiha Yevroittifoq tomonidan moliyalashtirildi. Tajriba muvaffaqiyatli o‘tsa, tez orada har bir inson nafaqat quyosh batareyalari, balki ko‘p funksiyali yo‘lakchalarni ham qo‘lga kiritishi mumkin. Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan taqdirda, "quyoshli" plitkaning 1 kvadrat metri 250 yevroga baholanadi.
Mavzuga oid
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
08:28 / 03.06.2026