Foto: Pixabay

1. 50-30-20 qoidasiga amal qiliş. Qoida budjetlaştiriş uçun a'lo darajadagi texnika. U daromadlaringizni uç qismga ajratişni közda tutadi:

- Zarur buyumlar. Har oylik daromadlaringizning 50 foizini ajratişingiz kerak. Bular transport, kommunal, oziq-ovqatlar uçun xarajatlar, asosan ularsiz yaşab bölmaydigan narsalar.

- şaxsiy xarajatlar. Maoşingizning 30 foizini şoping, xobbi va sizni baxtli odamga aylantiradigan narsalarga sarflaşingiz mumkin.

- jamğarma. Har oylik daromadingizning 20 foizini jamğariş kerak. Eng favqulodda vaziyatlarda ham foydalana olmaydigan hisoblarga ega böliş lozim.

2.  Fikrlaş qaşşoqligidan qoçiş. "Bu juda qimmat, buni xarid qilolmayman",- kabi gaplarni heç qaçon aytmang. Agar dunyodagi barça tovar va xizmatlar arzon bölganida odam pulni köriş uçun ter tökib mehnat qilmasdi. Işlab topişingiz va qurişingiz mumkin bölgan narsalar orzularingizga putur yetkazmaydi. Bularning bari sizning fikringiz mevasi.

3.  Batafsil moliyaviy rejani yoziş. Budjetni rejalaştiriş faqat biznes va hukumat uçun emas. Mazkur yilda köproq pulni saqlab qolişga harakat qilişning özi yetarli emas. Aniq maqsadlar va ularga erişiş uçun batafsil rejalar tuziş lozim. Masalan, agar kelasi yili Ispaniyaga borişni istasangiz, sayohat qançaga tuşişini hisoblab çiqiş lozim. Oylik daromadingizga nazar soliş va undan zaruriy xarajatlarni ayirib taşlaş kerak. Ana öşanda har oy qança tejaşingiz kerakligi va maqsad neça oyga belgilanişini körasiz. Millioner Timoti Sayks bu kabi maqsadlar vaqtimizni nimaga sarflayotganimizni köriş imkonini beradi deb hisoblaydi.

Foto: Pixabay

4. 100 qoidasiga amal qiliş. Mazkur qoida yil davomida istalgan harakatni yuz marta bajarişni anglatadi. Masalan, yuzta nutq, yuzta maqola, yuzta maşğulot bölişi mumkin. Uşbu qoida sizni istalgan işda tajribali insonga aylantiradi. Sizga iştiyoq beradi va tartibli bölişda yordam beradi. Tamoyil har qanday işda yordam beradi, şuning uçun amaliyot va qat'iyatgina muvaffaqiyatga olib boradi.

5.  Har doim B rejasi mavjud bölişi lozim. Bugun doimiy kirimga ega orzuingizdagi işingiz bölişi mumkin, biroq ertaga nima bölişini heç kim bilmaydi. Agar himoya yostiğiga ega bölsangiz, özingizda mavjud könikmalar va ularni rivojlantiriş borasida öylaş lozim. Böş vaqtda professional tarmoqni rivojlantiriş, odamlar bilan muloqot qiliş  kerak.