Ayrim noaniq sabablar tufayli kasal bölayotganingizni xeç his qilganmisiz? Ehtimol har birimiz biror marta bölsada ana şu holga duç kelgandirmiz. Nima uçun bunday holat yuz beradi va bunga qarşi qanday kuraşiş mumkin?
Mana bahor fasli ham kirib keldi. Demak, nafaqat fikrlarni, balki uyni ham tozalaş vaqti yetdi. Axir uydagi ozodalik – salomatlik garovi. Nima uçun bunday ekanini hozir özingiz anglaysiz.
Bu maqolada uyingizdagi 10 ta odatiy buyum haqida söz yuritamiz, ularning ifloslanişi salomatlik bilan boğliq muammolarni yuzaga keltirişi mumkin.
Foto: Pixabay
Kir çoyşablar
Tan oling, sermahsul iş kunidan keyin qulay karovatga yotişdan yaxşiroq narsa yöq, biroq ayrim çaqirilmagan mehmonlar – kir çoyşablardagi çang kanalari yoqimsiz iz qoldirişi mumkin.
Ba'zi tadqiqot natijalariga köra, odam har hafta 15 gramm ölik terini yöqotadi, bu teri qoldiqlari çoyşablarda qoladi va çang kanalari uçun ajoyib ozuqaga aylanadi. Ularning hayotiy faoliyati çiqindilari, masalan göngi odam salomatligidagi muammolar manbaiga aylanişi mumkin.
Ular ekzema, mavsumiy allergiya, terining yalliğlanişi va boşqalarni keltirib çiqariş ehtimoli bor. Bunday oqibatlardan özingizni himoya qiliş uçun çoyşablarni haftasiga 1-2 marta 60 darajali issiq suvda yuviş kerak.
Ventiliyatsiya tuynuklari
Agar sababsiz allergiya xuruji va boşqa kasalliklarni kutilmaganda his etsangiz, özingizni yomon his qilişingizning sababçisi ifloslangan ventilyatsion tuynuk bölişi mumkin. Atrof-muhitni himoya qiliş taşkilotlari ventilyatsiya tuynuklaridagi kiçik miqdordagi çang odamga ta'sir qilmasligini aytişadi, biroq u yerda paydo böladigan moğor va çangning katta miqdori odam salomatligiga jiddiy ta'sir körsatadi.
Olimlar çang salomatlik uçun jiddiy kasalliklarni çaqirişi borasida hozirgaça bahslaşadilar, biroq köpçilik ventilyatsiya va quvurlarni moğor hamda boşqa zaharli moddalardan tozalaş – soğlom va baxtli hayot yölidagi oqilona qadam ekani haqidagi fikrga rozilik bildiradi.
Mavzuga oid
Foto: Pixabay
Eski çangyutgiç
Balki çangyutgiçingiz uydagi tozalikni saqlaşda yordam beradi deb hisoblarsiz, biroq ayrim hollarda uning sizga keltirayotgan zarari foydasiga qaraganda köproq böladi. Atrof-muhit va texnika haqidagi jurnalda e'lon qilingan tadqiqotlarga köra, turli firmalar işlab çiqargan, xilma-xil xususiyatlarga ega 21 ta çangyutgiçning har biri havoga ma'lum miqdorda turli çang töplami, allergen va bakteriyalarni çiqargan.
Köpinça ifloslantiriş çangyutgiçning eskiligi va unda maxsus filtrning yöqligi sabab yuz bergan.
Har ikkala holat ham havoning zararli moddalar bilan ifloslaniş ehtimolini oşirgan. Çang va bakteriyalarga qarşi kuraşişning eng yaxşi usuli – maxsus filtrga ega yangi çangyutgiçni xarid qiliş va texnikani doimiy ravişda tozalab turiş.
Agar havoni ifloslantiruvçi manbalar sanalgan, masalan, vokzal, aeroport yoki zavodga yaqin yerda yaşasangiz, uyda havo tozalagiç örnatişingiz kerak böladi. U sizni astma va allergiyani çaqiruvçi kimyoviy moddalardan himoya qiladi.
Eski böyoq
Agar uyingiz devoridagi böyoqlar köçib tuşayotganini payqasangiz, ta'mirlaş işlari esa ötgan asrda amalga oşirilgan bölsa, ehtiyot böling. Ilgari böyoqlarda hozirgiga qaraganda köproq xavfli moddalar bölgan, ayrim mamlakatlarda esa hatto oğir metallar ham qöşilgan. Köçgan böyoqning körinişi çiroyli bölmaydi, bundan taşqari u siz va farzandlaringiz salomatligiga ta'sir qilişi ham mumkin.
Agar bunday böyoq noqulayliklar tuğdirayotgan bölsa, bu muammoni bartaraf qilişda yordam beradigan professionallarni taklif qilgan ma'qul. Albatta imkoniyatingiz bölsa, ta'mirlatganingiz ma'qul. Uydagi devor va mebel jihozlarini böyaş uçun böyoq tanlaganda uning tarkibiga e'tibor bering va salomatligingiz haqida qayğuring.
Muzlatgiçning ifloslangan javonlari va bölmalari
Bir qaraşda ular toza körinsa ham salomatligingiz uçun zarar keltiradigan bakteriyalar yaşiringan bölişi mumkin. Bu bakteriyalar çaqiradigan kasalliklar jiddiy va ular sababli zaharlaniş yuz beradi.
Bunday yoqimsiz oqibatlardan saqlaniş va muammolardan yaqinlarni himoya qiliş uçun meva, sabzavot, tovuq va bedana tuxumlarini muzlatgiçga qöyişdan oldin yaxşilab yuving. Bundan taşqari, muzlatgiç bölma va javonlarini heç bölmaganda bir oyda 1-2 marta yaxşilab tozalang.
Foto: Pixabay
Jonivorlar yungi va qazğoği
Köpçilik uçun tört oyoqli jonivorlar oilaning tölaqonli a'zosiga aylanib ulgurgan. Biroq ularning öziga xos bir xususiyati borki, u kişiga köplab taşvişlar keltiradi. Jonivorlarning yungi va qazğoği terining ölik qismlaridan iborat böladi, aynan u allergiya çaqirib, odamni aksirişga majbur qiladi.
Allergiyaning oldini oliş va yengillaştirişning eng yaxşi usuli – hayvonlarni qalin mato va qoplamali mebellardan uzoqda saqlaş. Bundan taşqari uydagi qazğoq miqdorini kamaytiriş uçun tez-tez çanglarni tozalaş va mebel hamda javonlarda töplangan çanglarni artiş kerak böladi.
Yuviniş xonasi uçun gilamça
Yuviniş xonasidagi odatiy buyumlarga keragiça e'tibor qaratmaymiz. Biroq aynan ular kasallik çaqiruvçi bakteriyalar, moğor, çang kanalari va boşqa köplab yaşirin xavflarga ega bölişi mumkin.
Duşdan çiqib xöl oyoqlar bilan gilam ustiga tuşasiz, suyuqlik darhol unga singib, xavfli mikroorganizmlar köpayişi uçun qulay muhitni xosil qiladi. Özingiz va yuviniş xonasini parazitlardan saqlaş uçun gilamga tuşişdan oldin oyoqlarni yaxşilab quriting. Bundan taşqari, gilamçani heç bölmaganda bir oyda bir neça marta qaynoq suvda yuving.
Yaşirin moğor
Moğorning köz ilğamas quyqasi uzoq vaqt davomida uyda yaşirin bölişi mumkin. U yuviniş xonasi, yertöla, gulqoğozlar ostida berkinadi va har kuni soğliğingizga sezilmagan holda zarar keltiradi.
Moğor köpinça havo yaxşi aylanmaydigan nam xonalarda va suyuqlik töplangan joylarda paydo böladi.
Moğor keltiradigan zararlar sifatida köngil aynişi, boş oğriği, immunitetning pastligi va burun bitişini ajratib körsatiş mumkin. Bu belgilarning asl sababiga qarşi kuraşilmasa, u astma kabi oğir kasallikka olib kelişi mumkin.
Özingiz va yaqinlaringizni himoya qiliş uçun suv bilan aralaştirilgan yuviş vositasini qöllaş mumkin. Çötka yoki matoni bu eritmada xöllab, barça körinadigan yuzalardagi moğorni tozalaş lozim. Buning özi har doim ham yetarli bölmaydi, yaxşiroq natijaga erişiş uçun xonani şamollatiş kerak.
Foto: Pixabay
Tozalaş vositalari
Millionlab kişilar har kuni foydalanadigan tozalaş vositalarining köpçiligi tarkibida salomatlikka jiddiy xavf soladigan kimyoviy moddalar mavjud. Ularning köpida kanserogenlar böladi. Masalan, kir yuviş uçun tarkibida formaldegid bölgan vositalar. Zargarlik buyumlarini tozalaş vositalarining ayrimlarida soğliq uçun zararli bölgan perxloretilen bor.
Baxtimizga hozirgi kunda uyni tabiiy vositalar bilan tartibga soliş usullari mavjud. Bundan taşqari, agar tabiiy vositalar tarafdori bölsangiz, sirka, limon, yoğ va oş sodasi sizning yordamçingizga aylanadi.
Tamaki tutuni
Heç kimga sir emaski, tamaki tutunidan zaharlaniş uçun çekiş şart emas. Uzoq vaqt davomida çekuvçining yonida böliş yoki yaqindagina tamaki çekilgan xonada qolişning özi yetarli. Aynan şuning uçun ham uy içida çekiş – yaxşi fikr emas. Bu nafaqat siz, balki yaqinlaringiz uçun ham açinarli oqibatlar keltirişi mumkin.
Ma'lumki, sigareta tarkibida bir neça minglab turli kimyoviy moddalar mavjud, ulardan 70 dan ortiği kanserogen sanaladi. Bundan taşqari, açinarli statistikaga köra, 1964 yildan boşlab, 2,5 mlndan ortiq kişi passiv çekişdan vafot etgan. Özingiz va yaqinlaringizni asraşning eng yaxşi usuli – uyda çekişni man etiş, ayniqsa eşik va derazalar berk bölganida.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi