O‘zbekiston | 11:57 / 27.03.2019
3919
8 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qonun hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholash metodikasi tasdiqlanadi

Foto: Fotolia

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Qonun hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Metodikaga ko‘ra, loyihalar va amaldagi qonun hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholashda vakolatli organ tomonidan tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan davlat tomonidan tartibga solinadigan holatlarni aniqlash, ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish hamda tegishli choralar amalga oshirish maqsadida amalga oshiriladi.
               
Ta'sirni baholash favqulodda holatlarni oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalariga tatbiq etilmaydi.
               
Ta'sirni baholash masalalari quyidagilardan iborat:
               
loyihalarni yoki amaldagi qonun hujjatlarining oqibatlarini tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklash qismi bo‘yicha umumiy baholash;
               
qonun hujjatlarini qo‘llash jarayonida tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklash xavfini aniqlash;
               
biznesni yuritish uchun rozilik olish tartib-taomillarini soddalashtirish va qisqartirish masalalarini o‘rganish;
               
tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga to‘sqinlik bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash;
               
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklaydigan loyihalarni yoki kuchga kirgan normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar kiritish.
            
Ta'sirni baholash vakolatli organ tomonidan ex-ante va ex-post prinsipi asosida amalga oshiriladi.

Loyiha ishlab chiquvchilar loyihani Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentiga asosan vazirlik va idoralar bilan kelishishni boshlashidan kamida 15 kun oldin yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarida belgilangan boshqa muddatlarda bir vaqtning o‘zida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (www.regulation.gov.uz) jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirish bilan birgalikda kerakli tahliliy ma'lumotlarni ilova qilgan holda vakolatli organga kiritishi lozim.
                
Quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihalar vakolatli organga majburiy tarzda kiritiladi:
                
a) yangi cheklovlarni, ruxsatnoma berish xususiyatiga ega hujjatlar va litsenziyaning yangi turlarini kiritish;
                
b) litsenziya va ruxsatnoma berish xususiyatiga ega hujjatlarni, shuningdek qo‘shimcha texnik tartibga solish shartlarini joriy etish;
                
v) bozor ishtirokchilarida ortiqcha xarajatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan talablar (shartlar)ni kiritish;
                
g) bozor ishtirokchilariga berilgan huquqlarni qisqartirish (kamaytirish) yohud ularga qo‘shimcha majburiyatlar belgilash;
                
d) bozor ishtirokchilariga yangi majburiyatlarni yuklash;
               
ye) bozor ishtirokchilariga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyoz, kafolat hamda boshqa preferensiyalar belgilash, shuningdek ayrim bozor ishtirokchilariga eksklyuziv huquqlarni berish;
               
j) tabiiy monopoliya sub'yektlarining tovar (ish, xizmat)lari narxi (tarif)ini va boshqa tartibga solinadigan narx (tarif)ni oshirish;
               
z) iste'molchilar yoki bozor ishtirokchilari uchun infratuzilma va tabiiy monopoliya sub'yektlarining tovar (ish, xizmat)laridan foydalanish shartlarini o‘zgartirish;
               
i) tabiiy monopoliya sub'yektlarining tovar va moliya bozorlari bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarining mavjudligi;
               
k) bozor ishtirokchilari, davlat korxonalari va tabiiy monopoliya sub'yektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
               
l) tovar va moliya bozorlarida davlat ishtiroki yoki davlat organlarining istalgan ko‘rinishdagi harakatlarining mavjudligi;
               
m) istalgan ko‘rinishdagi tashqi savdoni amalga oshirish shartlarining o‘zgartirilishi;

n) bozor ishtirokchilarining istalgan ko‘rinishdagi resurslar, jumladan xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va moliyaviy resurslardan foydalanish shartlarining o‘zgarishi;
               
o) raqobatga va bozor ishtirokchilarining bozordagi o‘rniga ta'sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar.
        
Ushbu Metodikaning 8-bandida keltirilgan masalalar mavjud bo‘lgan loyihalar bilan bir paytda loyiha ishlab chiquvchi tomonidan ta'sirni baholash uchun zaruratga ko‘ra quyidagi ma'lumotlar taqdim qilinadi:
               
a) bozor ishtirokchilarning bozorga kirish xarajatlari (bevosita yoki bilvosita) hisob-kitobi;
               
b) loyihani qabul qilinishidan barcha manfaatdor bo‘lgan tomonlar uchun foydaning (bevosita yoki bilvosita) hisob-kitobi;
               
v) raqobatchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarining xarajatlari va foydalari hisob-kitobi;
               
g) loyihaning qabul qilinishi yuzasidan manfaatlariga ta'sir ko‘rsatadigan tegishli bozor ishtirokchilarining soni;
               
d) muqobil narxlar va tariflar, shu jumladan bozorga kirib keluvchi import mahsulotlarning narxi;
               
ye) loyiha bilan tartibga solinadigan tovar (ish, xizmat)ga ehtiyojning darajasi;
              
j) loyihani tayyorlashga asos bo‘lgan hujjatlar va tahliliy ma'lumotlar.
              
Loyiha ishlab chiquvchi taqdim qilingan hisob-kitoblar va ma'lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardir.

Ta'sirni baholashning ex-post prinsipi bo‘yicha o‘tkazish vakolatli organning ish rejasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga, jamoatchilik nazorati sub'yektlarining taklif va tavsiyalariga, ommaviy axborot vositalari orqali o‘rganilgan yoki chop etilgan boshqa materiallarni o‘rganib chiqish natijalariga asosan amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid