“Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantiriş va xususiy sektorning rolini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, mulkçilik şaklidan qat’i nazar bir yoki bir neçta xöjalik yurituvçi sub’yektlar va davlat taşkilotlariga muayyan tovarlarni işlab çiqariş (xizmatlar körsatiş, işlarni bajariş) yoki sotiş yoxud sotib oliş, şuningdek, yagona operatorlik xizmatlarini körsatiş uçun quyidagilar asosida taqdim etilgan mutlaq huquq eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etiladi:
- qonunçilik hujjatlari bilan istisno tariqasida berilgan ruxsat (huquq);
- umumiy tartibdan taşqari ravişda berilgan yakka tartibdagi litsenziya (ruxsatnoma).
Bunda tanlov (tender) asosida taqdim etilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) eksklyuziv huquq sifatida e’tirof etilmaydi.
2025 yil 1 apreldan eksklyuziv huquq xöjalik yurituvçi sub’yektlarga qonunlar va Prezident farmon va qarorlari bilan 3 yildan ortiq bölmagan muddatga faqat quyidagi maqsadlar uçun beriladi:
- konstitutsiyaviy tuzumni, aholining soğliğini, Özbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlaş;
- tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarning oldini oliş hamda ularni bartaraf etiş.
2025 yil 1 apreldan quyidagi xöjalik yurituvçi sub’yektlarning faoliyat yönalişlari böyiça eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi:
- “Özbekekspertiza” AJ va uning hududiy bölinmalarining xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar tomonidan öz işlab çiqariş ehtiyojlari uçun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat beriş böyiça;
- “ÖzInjiniring” loyiha institutining investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini işlab çiqiş böyiça;
- “Milliy PR-markazi” DUKning Özbekiston turizm salohiyatini tarğib qilişga yönaltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlarini, xorijiy teleradiokompaniyalar va boşqa ommaviy axborot vositalarining reklamalari, reportajlari va boşqa roliklarini tayyorlaş va translatsiya qiliş böyiça;
















