19:26 / 30.03.2019
17107

Odil Ahmedov Xitoy chempionatida golli seriya qayd etmoqda

Xitoy Superligasida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedovning klubi «Shanxay SIPG» «Chayna Forchun» klubi mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 80-daqiqasida Ahmedov Shenglong Lining tovoni bilan uzatgan chiroyli pasidan so‘ng g‘alaba goli muallifi bo‘ldi. Endilikda amaldagi chempion dastlabki uchta turda qozonilgan uchta g‘alaba evaziga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ahmedov birinchi turda «Shanxay Shenxua»ga qarshi kechgan bahsda ham (4:0) darvozani ishg‘ol etgandi, o‘shanda ham unga Shenglong Li uzatma bergandi. Chempionatning 2-turida qatnashmagan 25-raqam egasi jamoasining OChL guruh bosqichidagi ikkita o‘yinida to‘liq 90 daqiqadan to‘p tepdi.

Umuman, Odil «Shanxay SIPG» tarkibida Xitoy chempionatidagi oxirgi uchta o‘yinda maydonni golsiz tark etmayapti. U o‘tgan mavsum so‘nggi turida ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi.

Top