1993-2005 yillarda «Mançester Yunayted» safida deyarli barça sovrinlarni yutgan, jamoa sardori bölgan, keyinçalik murabbiy sifatida ham Britaniyaning bir qator klublarida işlagan Roy Kin özining sobit xarakteri, faolligi va ğalaba uçun bor kuçini işga solişi bilan hatto öşa paytlarda ham ajralib turardi. Biroz özgargan bugungi futbolda esa uning öxşaşişi topiş muşkul. Roy ham ustozi va ba'zi jamoadoşlari yölidan borib, öz biografik kitobini çop ettirgan. E'tiboringizga futbolçi biografiyasidan qiziq satrlarni havola qilamiz.

Biz irlandiyaliklar hammasini özimizça qilamiz. Qonimizda bor. Bizni yaxşi körişadi, lekin boşqa tarafdan qaraganda, birovning töyiga taklif qilingan san'atkorlarga öxşab qolmaganmidik? Jiddiy öyinlar boşlangaç, biz çetga çiqar, uyga borib, yagona ğalabamizni nişonlar, keyin televizorda mundialning qolgan qismini körardik. Ammo men bunday böla olmayman. Men «Mançester Yunayted» futbolçisi edim va biz faqat sovrinlar yutsak bayram qilardik...
Men boks klubiga qatnaşganman. Atigi tört marta ringga çiqdim va barçasida ğalaba qozondim. Jismoniy jihatdan kuçli va ğalabalarga oç edim. Şu bilan birga, «Rokmaunt» klubida futbol öynardim. Nihoyat bir kuni boks murabbiyim şart qöydi: yo futbol yoki boks. Oqibatda boksdan ketişga töğri keldi.
«Tottenhem»ga muxlislik qilganman. Nega? Sababi, juda köp örtoqlarim «Mançester Yunayted», «Arsenal» yoki «Liverpul» tomon edi. Men uçun esa, Glenn Hoddl eng sevimli futbolçi bölgan.
Men maydonda yorqin ijroçi emas, köpinça mehnatkaş rolida edim. Yöqotilgan har bir töp uçun bor kuçim bilan kuraşardim, xullas faol bölişga intilganman. Öşa paytdagi murabbiylarim Timmi Myorfi va Jyen Sallivanning ögitlarini quloğimga quyib olganman: «agar öyinga yetarliça kayfiyatda tuşmasang, har qança iqtidorli bölmagin, mağlub bölasan». Men bunga işonganman, hozir ham işonaman.
Böyimni past deyişardi, ba'zilarga esa, xarakterim yoqmasdi. Qiziği, mening mana şunday xarakterim, aynan böyimning past bölgani uçun şakllangan. Töp uçun kuraşda imkon qadar tezroq töpni olib qöyişni örganganman, balki şuning uçun men haqimda «u bilan hazil harom» degan gaplar aytilgan.
«Trenmer» stadionida tribunalar böşmi? Farqi yöq. Men özim uçun kerakli muhitni yarata olardim. Meyfilddagi tomorqalarda yoki Palmerstaundagi maşğulot maydonlarida özimni katta futbolda, katta stadionda öynayotgandek his qilişni «örganib olgandim». Bu keyin ham yordam berdi, masalan, «Trenmer»ga qarşi öyinda özim uçun şunday atmosfera yaratib oldim, har töp uçun kuraşdim, podkad qildim, yugurdim.

«Notingem Forest»dagi ilk haftamdayoq futbol olami doimiy simulyantlar, noliydigan nimjon, professionallikka da'vo qilgani bilan talablarga javob bera olmaydigan futbolçilarga töla ekanini bildim. Ertasiga «Siti Graund» yeçiniş xonasida Brayan Klafni körib qoldim. Ismimni söradi. «Roy» deb javob berdim men. «Şuni tozalab bergin, Roy, maylimi?» – dedi u va kuçugi bilan sayrda loy bölib ketgan botinkasini qölimga tutqazdi. Men bundan xursand böldim, çunki nega bunday qilayotganini tuşunib turardim.
Biz «Siti Graund»da «Tottenhem» bilan öynadik. Bolaligimdan muxlis bölgan klubga qarşi, Pol Gaskoynga qarşi. Pol JÇ-90 dagi köz yoşlaridan keyin kumirga aylangandi. Gazza bilan terma jamoada öynagan Styuart Pirs va Uoker meni ogohlantirişdiki, Pol mening jiğimga tegişi mumkin ekan. Şunday böldi ham. U menga irland tilida haqoratli sözlar yoğdira boşladi, lekin aksenti juda dabdala bölgani uçun köp gaplarini tuşunmadim ham. E'tibor bermaslikka harakat qildim. Lekin kulgili edi, mana şunday iqtidorli, maşhur futbolçi mening jiğimga tegiş uçun şunça harakat qildi-ya...
«Kristal Pelas»ga qarşi öyin. Safardagi öyinda 0:0 hisobini uşlab qolgandik. Javob öyinida esa, 2:1 hisobida oldinga çiqib oldik. Men töpni darvozabonimizga oşirganimda, u – Mark Krossli qiynalib qoldi va töpni zörğa tepib yubordi. Uyoği yomon böldi, maydon markazida töpni egallab olgan Jon Salako töpni Markning ustidan oşirib darvozaga joylab qöydi. Dahşat! Öyin tugagaç, kiyim almaştiriş xonasiga kirganimda Klaf yuzimga şunaqa urdiki, polga uçib tuşdim.
«Töpni darvozabonga oşirma, tuşundingmi?!»
Jağim oğrişda davom etar, men esa, boşim bilan tasdiq işorasini qildim. Klaf va professional futbol bilan asal oyi nihoyasiga yetgan, endi haqiqiy futbol boşlanayotgandi. Bu menga dars böldi. Umuman murabbiyga bölgan bosim katta edi, uning jahlini tuşundim, zarraça xafa bölmadim.
Esimda, ligadan tuşib ketganimizda oğir daqiqalar böldi, ammo ba'zi jamoadoşlarim duşda yuvinayotib, bir-biri bilan hazillaşardi. Közlarimga işonmasdim. Axir biz yutqazdik, faoliyatimiz pastga qarab ketyapti-ku, bular qaysi restoranga borişni maslahat qilişyapti. Men buni qabul qila olmadim.
Çimga ilk qadamlarimni qöyişim hamono, «Old Trafford»ni yaxşi körib qoldim. Transfer qiymati futbol jamoatçiligida şov-şuv böldi. 3,75 million funt hozir futbolda sariq çaqa, ammo 90-yillar boşi uçun katta pul edi. Hatto çempion «Mançester Yunayted» uçun ham. Men Britaniyaning eng qimmatbaho futbolçisi ekanimni his qilib tursam-da, boşim aylanmadi. Eng yaxşi futbolçilar bilan birga öynab, faqat ösişim mumkinligini bilib turardim. «Yunayted»da men haqiqiy xarakter sohibi böldim. Bryus, Robson, Kantona va Pallister köp gapirişmasdi, jimgina öz işlarini qilişardi. Pol Ins, laqabi «xöjayin» edi, albatta, tili biroz uzun edi, ammo u ham yaxşi futbolçi ega bölişi kerak bölgan barça xislatlarni özida mujassam etgandi.
Eng muhimi rostgöylik edi. Aleks Fergyuson bilan işlaganda buning samarasini ham köriş mumkin. Masalan, dam oliş kunlaridan keyin maşğulotga borganda, Fergyuson darrov yaxşigina «dam oliş» bölganini payqardi. Uning Mançester böylab ayğoqçilari köp, baribir hammasini bizdan avval eşitardi.
— «Roy, keça köngilxuşlikka çiqdingmi?», – deb sörardi odatda duşanba kunlari ertalab.
— «Ha, bir-ikki ryumka içdim, xolos»
— «Uyga qaçon qaytding?»
— «Aniğini bilmayman, keç bölib qolgandi»
— «Judayam keç emasmi? Keçasi ikki yarimda Dingsgeytga taksida kelibsan-ku?»
Şundan söng, u men borgan tungi klubning nomini, aynan neçada uyga qaytganimni aytib berardi. Tabiiyki, men faqat rost gapira boşladim. Buning foydasi, köpinça, masalan, gazetalarda bizning keçasi nimalar qilganimiz, qayerlarga borganimiz haqida xabarlar çiqib ketardi. Köpinça, bu xabarlar içida yolğon ma'lumotlar ham qöşilib ketar, oşirib yuborişardi. Şunday paytlarda Fergyuson öşa xabarga emas, mening talqinimga işonardi.

1994/95 yilgi mavsumda yoşlar jamoasida bir neça iqtidorli bola paydo böldi. Ba'zida Fergyuson bizni ularga qarşi öynatar va rostini aytsam, juda qiyin bölardi. Xuddi öta jiddiy öyinlardek qattiq yakkakuraşlar, podkadlar bölar, öyinlar juda qattiq keçardi. Bekhem, aka-uka Nevillar, Batt, Skoulz va Gilleslining safimizga qöşilişi yaqin kunlarda amalga oşişi aniq edi.
Biz bu yerga mehnat qilgani yiğilganmiz. «Mançester Yunayted» namoyiş qilgan futbol va munosabat darajasi – haqiqiy biznes. Ha, mukofot katta. Juda katta pul işlab topiş va şu bilan birga qahramonga aylaniş mumkin. Ammo şu bilan birga omadsizlikka uçraş, muxlislar va jurnalistlar tomonidan tanqidlar ostida qoliş ham mumkin. Yoki tarkibdan çetda qolasan, hammasidan ham yomon. Eng yomoni, bu faqat sengagina tegadigan kaltak emas, xotining, bolalaring, ota-onang, opa-akalaring, va hatto uzoq qarindoşlaring ham bu kaltakning oğriğini his qiladilar.
Oçiği, bundan ham buyuk uç daqiqalikni futbol boşqa körmasa kerak. 1998/99 yildagi Çempionlar Ligasini yutişni köproq istagan, ruhiyati kuçliroq bölgan jamoa yutib olgandi.









