Nursulton Nazarboyev: Davlatdan yordam kutish kerak emas, ishlash kerak
Qozog‘istonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ko‘p farzandli oilalarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
Nazarboyev o‘zining ona qishlog‘i – Olmaota viloyatining Shamalg‘an qishlog‘i aholisi bilan uchrashuvda bolalar haqida qayg‘urish har bir kishining burchi ekanini aytib o‘tgan. Birinchi prezident bilan uchrashuvga 3 mingdan ziyodroq odam kelgan.
“Joriy yildan minimal ish haqini 1,5 barobarga oshirdik va bir million 300 ming kishiga yordam ko‘rsatilmoqda. Bularning barchasi qilinmoqda. Shu sababli davlatdan kutish kerak emas, ishlash kerak. Qaysi qozoq farzandli bo‘lib, uni qo‘shnisiga voyaga yetkazish uchun beradi? Erkakda g‘urur bo‘lishi lozim: farzandli bo‘ldingmi, uni o‘zing voyaga yetkazib, oyoqqa turg‘izishing lozim. Butun dunyoda shunday. Bizda ba'zilar shunday deydi: “Men Qoraqalpog‘istondan 10 bolam bilan keldim. Ularni voyaga yetkazing”. Bu yaramaydi. Biz xalqni ish bilan ta'minlashimiz lozim, farzandlarni o‘stirish esa barchaning burchi bo‘lishi kerak. Bizning ajdodlar shunday o‘stirishgan, biz ham shunday o‘stirganmiz. Men Qozog‘istonga kelib, hech narsa qilmay, “Bizga pensiya bering” deyayotganlarini eshitdim. Bularning barchasi noto‘g‘ri, ularga buni tushuntirish lozim”, deb aytgan Nazarboyev.
Qozog‘istonning Birinchi prezidenti ishsizlik nimadan kelib chiqishini ham tushuntirib o‘tgan.
“Siz qishloq odamlarisiz va qishloqlarni rivojlantirishga ko‘p dasturlar yo‘naltirilganini ko‘rmoqdasiz. Ishlashni istovchilar uchun imtiyozli kreditlar beriladi. Ishsizlar va kasbi yo‘qlar ishga joylanadi. Hozir muammo ishsizlikda emas, kasbga ega emaslikda. Kasbi bor odam, har qanday joyda ish topa oladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Nazarboyev.
“Faqatgina ishlash va o‘z turmush tarzini yaxshilash lozim. Yoshlar o‘qishi va ta'lim olishi lozim. O‘shandagina ular o‘z oilalarini ta'minlay oladilar va o‘zlari uchun foydali ishlarni qila oladilar”, deb fikrlariga yakun yasagan Nazarboyev.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024