Xorijda ta'lim olish shakli diplom tan olinishiga ta'sir ko‘rsatmaydi
Hukumat xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat O‘zbekistonda amalda mavjud bo‘lgan ta'lim shakliga muvofiq kelmaganda tan olinmasligi haqidagi talabni bekor qildi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, nostrifikatsiyalashdan farqli ravishda tan olish – yengillashtirilgan tartib-taomil, bunda muayyan xalqaro shartnoma tuzilgan bo‘lsa, xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar O‘zbekistonda qabul qilinadi.
2019 yil 29 martgacha xorijiy diplomni (attestatni) tan olish uchun u O‘zbekistonda amalda mavjud bo‘lgan ta'lim shaklida o‘qib olingan bo‘lishi shart edi.
Masalan, 2018/2019 o‘quv yiligacha O‘zbekistonda sirtdan o‘qitish amaliyoti keng tarqalmagan edi. Masofadan turib o‘qitish rivojlantirilmayapti, eksternat yuzasidan esa davlat oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilmaydigan 166 ta oliy ta'lim (sh.j. iqtisodiyot va yurisprudensiya) yo‘nalishidan iborat bo‘lgan ro‘yxat qabul qilingan. Xorijiy oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida o‘qimagan shaxslarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelar edi.
Endi vaziyat osonlashdi. Ta'lim shakli hisobga olinmaydigan bo‘ldi.
Yangilik birinchi navbatda sirtqi shaklda ta'lim olgan fuqaro aviatsiyasi mutaxassislari uchun qabul qilingan (27.11.2018 yildagi PF–5584-son Farmonning 16-bandi 2-xatboshisi). Biroq Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga yuqoridagi tuzatishlarda batafsil izoh berilmagan va barcha uchun qo‘llaniladi.
Hujjat 30.03.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
20:17 / 05.11.2024
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
18:35 / 03.10.2024