Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi institutini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Kadastr muhandisi shartnoma asosida ko‘chmas mulk obektlarini xatlovdan o‘tkazadi (birlamchi kadastr hisobi bundan mustasno), ularning qavatma-qavat rejalarini tuzadi, texnik rejalarini rasmiylashtiradi, shuningdek, ularni texnik hisobga qo‘yadi.
Kadastr muhandislariga nisbatan quyidagi talablar nazarda tutiladi:
geodeziya va yer kadastri bo‘yicha oliy ma'lumotga ega yoki kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo‘yicha ta'lim olgan, shuningdek, tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining malaka shahodatnomasini olgan shaxs kadastr muhandisi bo‘lishi mumkin;
malaka shahodatnomasini olish uchun shaxs geodeziya va yer kadastri bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi va malaka imtihonini topshirishi shart;
kadastr muhandisi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs rieltorlik tashkilotlari bilan mehnat shartnomasini tuzadi.
Mavzuga oid
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026
Ko‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
20:38 / 07.04.2026