Özbekiston Prezidentining özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylaştiriş haqidagi farmonining hududlardagi ijrosi tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan alohida nazorat olingan. 

Kun.uz’ga kelib tuşayotgan xabarlarga köra, Toşkent viloyatida oxirgi ikki kun davomida fuqarolar murojaatlarini körib çiqişni asossiz paysalga solayotgan önlab mas'ul şaxslar javobgarlikka tortilgan, arizalarni körib çiquvçi komissiyalarning barça a'zolari qonunbuzarlikka yöl qöymaslik töğrisida ogohlantirilgan, 2000dan ortiq arizalar böyiça qarorlar qabul qilingan. 

Suhbatlar jarayonida adliya organlari vakillari tomonidan farmon ijrosi doirasida vijdonsizlik bilan murojaat qiliş huquqini suiiste'mol qilayotgan, aksiya e'lon qilingandan keyin uy-joy, poydevor kötarib, ularni rasmiylaştirişga harakat qilayotgan şaxslar faoliyatiga ham qonuniy baho beriş böyiça işlar alohida nazoratga olinişi ta'kidlangan. Toşkent tumanida bu borada jinoyat işi ham  oçilgani qayd etib ötilgan. 

Yuqoridagi mazmundagi adliya organlari tomonidan prezidentning uy-joy amnistiyasi töğrisidagi farmoni ijrosi böyiça qat'iy çoralar körilayotgani haqidagi xabarlar Samarqand, Jizzax, Andijon viloyatlaridan ham kelib tuşmoqda. Xususan, kuni keça Samarqand viloyati kadastr boşqarmasi rahbari javobgarlikka tortilgani haqida işonarli ma'lumotlar mavjud. Xabarlarga köra Toşkent viloyati va boşqa hududlarda vazifalariga sovuqqonlik bir qarayotgan bir qator mansabdor şaxslar javobgarlikka tortilişi kutilmoqda.

2018 yil 20 aprelda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar hamda özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini ötkaziş töğrisida»gi farmoni qabul qilingan edi.

2018 yil 21 iyunda Vazirlar Mahkamasi Prezident farmoni ijrosini ta'minlaş yuzasidan qaror qabul qildi va şu asosda mulk huquqini e'tirof etiş töğrisidagi nizomni tasdiqladi.

Nizom turarjoylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jismoniy şaxslarning quriliş maqsadlari uçun ajratilmagan yer uçastkalarida yoki özboşimçalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş tartibini belgilaydi.

2019 yil 1 maygaça davom etadigan aksiyada mulk huquqini e'tirof etiş va kadastr hujjatlari 2ta şart asosida beriladi: yer uçastkasi (uçastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq, turarjoy quriş uçun ajratilişi mumkin bölmagan yerda joylaşmagan va özboşimçalik bilan qurilgan imorat şaharsozlik talablarini, şuningdek, uning saqlab qolinişi boşqa şaxslarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirmasa.

Qaror köp qavatli uylarga va ularga tutaşib ketgan yer uçastkalariga özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga, noturarjoylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Fuqarolar özboşimçalik bilan qurgan imoratga mulk huquqini oliş uçun öşa hududdagi davlat xizmatlari markazlari orqali tuman (şahar) hokimi nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga murojaat qiluvçining pasport nusxasi, oila a'zolari, yerga egalik qilgan muddat va imorat qurilgan vaqt töğrisida mahalla fuqarolar yiğinidan ma'lumotnoma taqdim qiladi. Bundan boşqa hujjat talab qiliş mumkin emas.

Arizani körib çiqiş uçun davlat xizmatlari markazi tomonidan yiğim undirilmaydi, faqatgina bir martalik aksiya doirasida eng kam iş haqining 5 barobari miqdorida yiğim tölanadi. Agarda murojaat etuvçi yolğon ma'lumot taqdim etsa, ariza rad etiladi.

Ariza asosida kadastr xizmati tomonidan örganib, xulosa berilgaç, tuman komissiyasi imoratga mulk huquqini e'tirof etiş yoki rad etiş töğrisida qaror çiqaradi.