Liviya poytaxti Tripoli uçun Liviya milliy armiyasi qömondoni feldmarşal Xalifa Haftar va hukumat kuçlari örtasidagi harbiy harakatlar yangi bosqiçga ötdi.
Haftarning qöşinlari şaharga uç yönaliş böyiça hujum qilmoqda: janglar poytaxtdan şarqdagi Tajur munitsipaliteti, ğarbdagi Janzur tumani va janubdagi Bin-Ğaşir şahri hududida, qaysiki Tripoli xalqaro aeroporti joylaşgan hududda keçmoqda.
Bu xalqaro aeroport poytaxt Tripolidan 34 km uzoqlikda joylaşgan. U 2014 yildan beri faoliyat yuritmaydi. Öşanda janglar oqibatida aeroport binosi qisman yonib ketgan, uçiş-qöniş yölagiga snaryadlardan zarar yetgan va ayni vaqtda strategik muhim ahamiyatga ega emas. Hozirda barça aviareyslar Tripolidan 10 km şarqdagi Mitiga harbiy aerodromi orqali amalga oşiriladi. Haftar qöşinlarining öng qanoti aynan şu hududga yönaltirilgan.
Haftar birinçi navbatda qölga kiritişni maqsad qilgan muhim obektlar qatorida milliy bank hamda davlat telemarkazi ham bor.
Guvohlarning xabar berişiça, Haftar armiyasi harbiylari şahar markaziga taxminan 15 kilometr masofagaça yaqinlaşib kelişgan.

Tripoli mudofaasi uçun hukumat harbiylari va hukumatparast köngillilar va qabilalar oyoqqa turğazilgan.
Şu bilan birgalikda, avval hukumatga sodiqligini bildirib kelgan Liviyadagi yirik radikal jangarilar guruhi - «Maxsus qudratli kuçlar» (RADA Special Deterrence Forces) ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Haftar tomoniga ötganini e'lon qildi. Bi-bi-si ma'lumotiga köra, agar bu ma'lumot tasdiqlanadigan bölsa, bu Tripolidagi milliy birlik hukumati rahbari, boş vazir Fayoz as Saraj uçun jiddiy zarba böladi.
AFP agentligi ma'lumotiga köra, poytaxt aholisi oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilği ğamlaşga kirişgan.
Fayoz as Saraj öz telemurojaatida general Haftarni xiyonatda va davlat töntarişida ayblagan.
U öz hukumati şu vaqtga qadar faqat «qölini tinçlik maqsadida işlatgan», endi esa uning sözlariga köra, Haftar faqat «kuçli va mustahkam qöllar»ga duç keladi.















