Liviya prezidentlik kengaşining xavfsizlik va barqarorlik boşqarmasi boşliği Abdulğani al-Kikli öldirilgani xabar qilinganidan keyin Tripolining markazi va boşqa hududlarida qurolli töqnaşuvlar sodir böldi. Töqnaşuvlar va otişmalar haqida 12 may, duşanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.
Qurolli guruh şaharning aholi ziç yaşaydigan hududi — Abu Salimda joylaşgan. Agentlik eslatişiça, prezident kengaşi 2021 yilda Milliy birlik hukumati bilan birgalikda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan qöllab-quvvatlangan jarayon orqali hokimiyat tepasiga kelgan.
Al Wasat Liviya telekanali xabariga köra, qurolli töqnaşuvlarda 444-jangovar brigada iştirok etgan - al-Kikli, ehtimol, uning ştabida öldirilgan.
Içki işlar vazirligi aholini «öz xavfsizligi uçun» uyda qolişga çaqirdi. Tripoli universiteti rahbariyati Facebookʼda barça fakultet, bölim va idoralarda öqiş, imtihon va ma’muriy işlarni keyingi ogohlantirişgaça töxtatib qöyişini ma’lum qildi.












