Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis harbiylari Afg‘onistonga nima uchun AQSh samolyotlarida yetkazilayotgani sababi ma'lum qilindi
Foto: RIA Novosti / Andrey Greshnov
Germaniya bundesveri harbiylari Afg‘onistonga parvozlarni amalga oshirishda o‘z davlatlari qurolli kuchlari samolyotlaridan foydalana olmayaptilar, shu sababli AQShning S-17 harbiy-transport samolyotlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Spiegel nemis nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bunday vaziyat Ozarboyjonning o‘z hududi ustidan NATOga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berishdan bosh tortgani bilan bog‘langan. Germaniya harbiy samolyotlari odatda har hafta Afg‘onistonning nemis harbiylari joylashgan Mozori-Sharif shahriga qatnab, Markaziy Osiyo hududidan uchib o‘tadi.
Ta'kidlanishicha, Ozarboyjonning o‘z hududi ustidan uchib o‘tishga ruxsat berishdan bosh tortgani sababli bundesver samolyoti mart oyi oxirida Mozori-Sharifga parvozini bekor qilishiga to‘g‘ri kelgan.
Jumladan, bundesver hisobotida Germaniya harbiy-havo kuchlari samolyotlarining bir qator parvozlari Ozarboyjon bilan kelishmovchilik sababli aprel oxirigacha to‘xtatilishi aytilgan. Shu bilan birga, bundesverning tezkor qo‘mondonlik shtabida nemis harbiylarining parvozlari “ta'minlangani”, chunki muqobil variant sifatida boshqa yo‘nalish bo‘ylab uchuvchi AQSh samolyotlaridan foydalanish mumkinligi aytilgan.
Nashrda ta'kidlanishicha, NATO samolyotlari avval ham davlatlar havo hududlarini qo‘llashga ruxsat olishda muammolarga duch kelgan. Jumladan, 2011 yilda Eron Hindistonga yo‘l olayotgan Germaniya kansleri Angela Merkel samolyotiga o‘z havo hududi orqali uchib o‘tishni taqiqlagan.
Mavzuga oid
14:07
GFR TIV rahbari: RF aktivlarini musodara qilish mavzusi kun tartibidan olindi
13:18
Germaniya bundestagi Ukraina qo‘llab-quvvatlanishi haqida rezolyutsiya qabul qildi
11:42
Yanukovichning sobiq maslahatchisi o‘ldirilishi: gumonlanuvchi GFRda ushlandi
08:52